Yopiq quvurli sug‘orish va lazerli yer tekislash: irrigatsiya muammolari yechimlari ko‘rib chiqildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev opredelil prioritetnie zadachi po rasshireniyu virashivaniya produksii na zemelnix ploshadax po krayam poley.
Shavkat Mirziyoyev opredelil prioritetnie zadachi po rasshireniyu virashivaniya produksii na zemelnix ploshadax po krayam poley. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida suvdan foydalanish samaradoligi oshirish masalalariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston suv xo‘jaligidagi muammolar sanab o‘tildi va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Xususan, 4 ta katta masala tahlil qilindi: suv yo‘qotilishi, nasos stansiyalarining samarasiz ishlashi, suv zaxiralari kamligi va suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish masalalari.
Yopiq quvurli suv ta’minoti. Dastlab ushbu uslub Jizzaxning Paxtakor tumanida tajriba tariqasida sinovdan o‘tkaziladi. Keyinchalik Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ham foydalaniladi.
Nasos stansiyalar samaradorligini oshirish. Bugungi kunda nasos stansiyalar samarasiz ishlamoqda, uskunalar eskirgan, elektr iste’moli yuqori. Muammolarni hal qilish maqsadida ularni xususiy sheriklikka berish va muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu maqsadlar uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Suv jamlash. Behuda oqib ketayotgan suvlar kichik manbaalarda jamlanadi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 100 mln dollar kredit jalb etiladi.
Lazer yordamida tekislash. Yerlar lazer texnologiyasi yordamida tekislanadi. Bu qo‘shimcha suv tejash imkoniyatini yaratadi. 2023-yilda 1000 ta lazerli yer tekislagichlar xarid qilinib klasterlar tomonidan fermerlarga foydalanish uchun beriladi.
Tomchilab sug‘oriladigan yer maydonlari hajmi yana 80 ming gektarga oshiriladi va 480 ming gektarni tashkil qiladi. Ushbu maqsadlar uchun subsidiyalar miqdori oshiriladi.
Yuqoridagi imkoniyatlarni mirishkorlarga yetkazish va rag‘batlantirish maqsadida “Agrobank” huzurida alohida suv tejash loyihalari markazi tashkil qilinadi va u yerga xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.
Yangiliklar lentasi
0