Futbol: U-20 jahon chempionatining yangi mezboni ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
FIFA 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi mezbonini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga Argentina mezbonlik qiladi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rasman ma’lum qildi.
Dunyo birinchiligi joriy yilning 20-mayidan 11-iyuniga qadar o‘tkaziladi. Qur’a tashlash marosimi 21-aprel kuni Surixda bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish joizki, bu yirik musobaqa Indoneziyada bo‘lib o‘tishi kerak edi. Mamlakat aholisi Isroil terma jamoasining turnirda qatnashishiga ruxsat bermaslikni talab qilgani uchun FIFA Indoneziyani mezbonlikdan chetlatishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi g‘oliblik orqali bu jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0