Toshkentdan Anqaraga yangi muntazam aviaparvozlar yo‘lga qo‘yildi

© Uzbekistan airports Aviakompaniya AnadoluJet svazala pramimi reysami Ankaru i Tashkent
Aviakompaniya AnadoluJet svazala pramimi reysami Ankaru i Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘nalishdagi reyslar haftada bir marta — dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Turkiyaning "AnadoluJet" aviakompaniyasi Toshkentdan Anqaraga muntazam avriaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "Uzbekistan airports" xabar berdi.
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da "AnadoluJet" aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
© Uzbekistan airports Aviakompaniya AnadoluJet svazala pramimi reysami Ankaru i Tashkent
Aviakompaniya AnadoluJet svazala pramimi reysami Ankaru i Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Anqara — Toshkent — Anqara yo‘nalishidagi Boeing 737-800 rusumidagi samolyot ekipaj a’zolari va 160 nafar yo‘lovchilar kutib olindi.
Ushbu yo‘nalishdagi reyslar haftada bir marta — dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"AnadoluJet" bosh qarorgohi Anqarada joylashgan, "Turkish Airlines" loyihasi bo‘lgan turk aviakompaniyasi. Aviakompaniya parkida 59 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0