Markaziy bank to‘lovlar komissiyasining eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda
© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
© Sputnik / Zafar Xalilov
Obuna bo‘lish
Aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdori belgilanishi mumkin.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki aholidan to‘lovlarni amalga oshirishda komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
1 maydan komissiya to‘lovchidan emas, balki to‘lov summasidan chegirib tashlash yo‘li bilan undiriladi.
Komissiya miqdori to‘lov miqdorining 1 foizigacha belgilanadi, ammo ularning umumiy summasi Markaziy bank tomonidan belgilangan chegaraviy miqdordan oshmasligi shart.
Loyihaga ko‘ra, Markaziy bank komissiyaning maksimal miqdorini bazoviy hisoblash miqdorining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (60,6 ming so‘m) belgilashni taklif qilmoqda.
Mazkur tartib quyidagi holatlarda amal qiladi:
barcha turdagi davlat bojlari va ma’muriy jarimalar uchun to‘lovlar;
davlat xizmatlari markazlari tomonidan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun to‘lovlar;
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va sog‘liqni saqlash muassasalariga to‘lovlar;
barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;
Majburiy ijro burosi organlari tomonidan undiriladigan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish uchun to‘lovlar;
E-auksion elektron savdo platformasi va K-Savdo avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘lovlar;
aviatsiya, temiryo‘l va jamoat transportining boshqa turlarida sayohat qilishda chiptalar sotib olish uchun to‘lovlar.
Kelajakda ushbu ro‘yxatga qo‘shimcha to‘lov turlari kiritilishi ham mumkin.
Loyiha muhokamasida 2-maygacha qatnashish mumkin.