Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida u “Innoprom” ishida, Jizzaxda texnoparkni ishga tushirishda, shuningdek, Qozon Federal universiteti Jizzax filialida Tibbiyot ta’lim markazi ochilishida ishtirok etadi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Tatariston rahbari (raisi) Rustam Minnixanov 24-25 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif davomida u “Innoprom” ishida, Jizzaxda texnoparkni ishga tushirishda, shuningdek, Qozon Federal universiteti Jizzax filialida Tibbiyot ta’lim markazi ochilishida ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Tatariston Respublikasining O‘zbekistondagi vakili Aydar Axtareyev ma’lum qildi.
24-26 aprel kunlari Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 300 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi.
Ko‘rgazmada 50 dan ortiq korxona Tataristonni namoyish etadi. “Innoprom”ning ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi bosh vazirining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov so‘zga chiqadi.
Minnixanov tashrif buyuradigan “Jizzax” texnoparki “Ximgrad” tajribasi asosida amalga oshirilgan ikkinchi rus-o‘zbek maydoniga aylanadi. Birinchi “Chirchiq” texnoparki 2022-yil mart oyida tashkil etilgan.
Jizzaxdagi yangi texnoparkda 36 tadan kam bo‘lmagan rezident kompaniyani joylashtirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Rustam Minnixanov Jizzaxda Qozon Federal universiteti filialining ochilishida ishtirok etgan edi. Bu yerda dasturiy injiniring, geologiya, iqtisod, mashinasozlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Yangiliklar lentasi
0