https://oz.sputniknews.uz/20230418/shahriyor-jabborov-34035895.html
O‘FA Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi
O‘FA Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Kuni kecha Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, doping tekshiruvda Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan. Shu bois u futbol bilan bog‘liq barcha tadbirlar, jumladan, ichki, xalqaro o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlardan vaqtincha chetlashtirilgan.
2023-04-18T18:21+0500
2023-04-18T18:21+0500
2023-04-18T19:17+0500
sport
shahriyor jabborov
o‘fa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/11/33999868_0:299:949:833_1920x0_80_0_0_6367bd08b27ad112a2a6872f89c9118f.jpg
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) mamlakat yoshlar terma jamoasi a’zosi Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq holatni to‘liq o‘rganib chiqish uchun ichki tekshiruv boshladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, tekshiruvda futbolchi, tibbiy qo‘mita mutaxassislari, terma jamoa hamda klub shifokorlari ishtirok etishmoqda.Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Jabborov ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganib chiqilmoqda.Ushbu tekshiriv "A", ya’ni birinchisi hisoblanib, undan so‘ng "B" qo‘shimcha tekshiruvi o‘tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so‘ng yakuniy qaror chiqariladi.Kuni kecha Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston-Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan. Shu bois u futbol bilan bog‘liq barcha tadbirlar, jumladan, ichki, xalqaro o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlardan vaqtincha chetlashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/11/33999868_0:266:949:978_1920x0_80_0_0_f94c3bee18c1989cd2c7156de22cab4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shahriyor jabborov doping futbol
shahriyor jabborov doping futbol
O‘FA Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi
18:21 18.04.2023 (yangilandi: 19:17 18.04.2023) Kuni kecha Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston-Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlanganini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) mamlakat yoshlar terma jamoasi a’zosi Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq holatni to‘liq o‘rganib chiqish uchun ichki tekshiruv boshladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, tekshiruvda futbolchi, tibbiy qo‘mita mutaxassislari, terma jamoa hamda klub shifokorlari ishtirok etishmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Jabborov ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganib chiqilmoqda.
“Shuni ta’kidlash kerak, turnir davomida O‘zbekiston U-20 terma jamoasining aksariyat futbolchilari doping tekshiruvdan o‘tgan va hech kimda taqiqlangan vositalar aniqlanmagan”, - deyiladi xabarda.
Ushbu tekshiriv "A", ya’ni birinchisi hisoblanib, undan so‘ng "B" qo‘shimcha tekshiruvi o‘tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so‘ng yakuniy qaror chiqariladi.
Kuni kecha Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston-Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan. Shu bois u futbol bilan bog‘liq barcha tadbirlar, jumladan, ichki, xalqaro o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlardan vaqtincha
chetlashtirilgan.