Rossiyalik pedagog O‘zbekistonda o‘quvchilarni xalqaro olimpiadaga tayyorlamoqda

© Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiRossiyalik pedagog O‘zbekistonda o‘quvchilarni xalqaro olimpiadaga tayyorlamoqda
Rossiyalik pedagog O‘zbekistonda o‘quvchilarni xalqaro olimpiadaga tayyorlamoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro matematika olimpiadasi Yaponiyaning Chibo shahrida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiyalik pedagog Grigoriy Chelnokov prezident maktablarida faol o‘quvchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasini 64-Xalqaro matematika olimpiadasiga (International Mathematical Olympiad-2023) tayyorlamoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahridagi prezident maktablarida tashkil etilgan mazkur o‘quv jarayonlariga rossiyalik mutaxassis Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taklif etilgan. Ayni vaqtda terma jamoada 6 nafar o‘quvchilar mavjud.
Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o‘qituvchisi bo‘lib, 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoa a’zolarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab keladi.
64-Xalqaro matematika olimpiadasi joriy yilning 2-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan maktab o‘quvchilari matematika fanidan olimpiada g‘olibligi uchun bellashadilar.
Yangiliklar lentasi
0