Rossiya TIV AQSh, Britaniya va Kanada elchilariga qat’iy norozilik bildirdi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaZdanie MID RF
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Xorijiy diplomatlar Rossiyaga xiyonatda ayblanib, 25-yilga qamalgan shaxsga nisbatan chiqarilgan sud hukmi borasida o‘z bayonotlari bilan chiqqan edi.
TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada elchilariga sudlangan Vladimir Kara-Murza*ni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlaridan so‘ng keskin norozilik bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“18 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Amerika diplomatik missiyasi rahbari Linn Treysiga davlatga xiyonatda ayblangan shaxsni qo‘llab-quvvatlovchi provokatsion bayonotlari va Rossiya armiyasi haqida ataylab yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan Vladimir Kara-Murza* haqida bildirgan bayonotlari uchun keskin norozilik bildirildi", - deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, xuddi shunday norozilik Kanada va Buyuk Britaniya elchilari Alison Lekler va Debora Bronnertlarga ham bildirildi.
Bundan tashqari, ushbu uch davlat elchilariga Rossiya hokimiyati va sudlariga bosim o‘tkazishga qaratilgan bunday ommaviy harakatlari - Rossiyaning ichki ishlariga ochiqdan-ochiq aralashish ekanligi aytilgan.
Shuningdek, ular Vashingtonning Rossiya ichida nizo qo‘zg‘ashga qaratilgan xatti-harakatlari, elchixonadan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishi qat’iy bostirishlarini ta’kidlandi.
Rossiya Tashqi qishlar vazirligi maxsus vakili Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini buzgan va o‘z maqomini suiiste’mol qilgan Amerika diplomatik missiyasi xodimlari muddatidan avval Moskvani tark etishini ham qat’iy ta’kidlab o‘tdi.

"Buzg‘unchilik faoliyatiga aloqador bo‘lgan diplomatlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi", degan edi Zaxarova dushanba kuni xorijiy elchilarning ushbu harakatlarini izohlar ekan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi jismoniy shaxs Vladimir Kara-Murza* davlatga xiyonat qilish va Rossiya armiyasi haqida qasddan yolg‘on xabar tarqatishda ayblanib, 2022-yilning aprel oyida qamoqqa olingan edi. Sud materiallarining aksariyat qismi maxfiy, lekin matbuotda e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, Kara-Murza* Arizona, Vashington, Oslo, Lissabonda nufuzli minbarlardan turib Rossiya armiyasi haqida qasddan yolg‘on xabarlar tarqatgan. Undan tashqari, o‘zini muxolifatchi deb e’lon qilgan publitsist Moskvada 2021-yilda siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi anjuman o‘tkazgan. Uning faoliyati esa Rossiyada ta’qiqlangan tashkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan moliyalashtirilgan.
Moskva sudi Kara-Murzaga 25-yil qattiq rejimli koloniyada jazo o‘tash, 400 ming rubl jarima to‘lash va 7-yilga jurnalistika faoliyati bilan shug‘ullanishni ta’qiqladi. 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan sud hukmini e’lon qilishga 25 ta mamlakatdan 40 nafar diplomatlar tashrif buyurishdi va turli bayonotlar berishgan edi.
* Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi jismoniy shaxs
Yangiliklar lentasi
0