https://oz.sputniknews.uz/20230418/rossiya-qirgizistonga-elektr-energiyasi-etkazib-berishni-boshladi-34031091.html
Rossiya Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi
Rossiya Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya yetkazib berilayotgan elektr miqdorini sezilarli darajada oshirishga va Qirg‘izistondagi energiya taqchilligini butunlay qoplashga tayyor.
2023-04-18T16:23+0500
2023-04-18T16:23+0500
2023-04-18T16:23+0500
rossiya
qirg‘iziston
elektr energiyasi
markaziy osiyo
markaziy osiyo enregetik halqasi
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0c/15988389_0:0:3135:1764_1920x0_80_0_0_822c973aa08625585a4fb68fcf3fba60.jpg
TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Rossiya Federatsiyasining "Inter RAO" energetika kompaniyasi Qirg‘izistonga 15-apreldan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi. RIA Novosti xabariga asosan. Bir necha kun oldin Qirg‘iziston va Rossiya orasida 875 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Qayd etilishicha, rejalashtirilgan yetkazib berish jadvali tomonlar tomonidan operativ dispetcherlik nazorati qoidalari va energiya bozorlari faoliyati qoidalariga muvofiq muntazam ravishda kelishib olinadi.Dastlabki bosqichda yetkazib berish hajmi soatiga 400 megavattgacha bo‘ladi. Uning miqdorini belgilovchi asosiy omil – Qozog‘iston energiya tizimining tranzit quvvati hisoblanadi.“Agar (Qozog‘iston – tahr.) tranzit salohiyatini oshirish mumkin bo‘lsa, Rossiya tomoni Qirg‘izistonga mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 3 milliard kilovatt-soatga yetadigan kamomadni to‘liq qoplaydigan hajmda energiya yetkazib berishga tayyor”, — deya qo‘shimcha qildi "Inter RAO" vakili."Inter RAO" - bu Rossiyaning Yevropa va MDH hududidagi aktivlarni boshqaradigan diversifikatsiyalangan energetika xoldingi. RAO Rossiya Federatsiyasida elektr energiyasini eksport qilish va import qilish bo‘yicha yagona operator hisoblanadi.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0c/15988389_351:0:2845:1870_1920x0_80_0_0_969f4391cbb0e5f65d77faff8781b217.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya qirg‘iziston elektr energiyasi yetkazib berish qozog‘iston rao yees
rossiya qirg‘iziston elektr energiyasi yetkazib berish qozog‘iston rao yees
Rossiya Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi
Rossiya yetkazib berilayotgan elektr miqdorini sezilarli darajada oshirishga va Qirg‘izistondagi energiya taqchilligini butunlay qoplashga tayyor.
TOShKENT, 18 apr –
Sputnik. Rossiya Federatsiyasining "Inter RAO" energetika kompaniyasi Qirg‘izistonga 15-apreldan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi. RIA Novosti
xabariga asosan.
Bir necha kun oldin Qirg‘iziston va Rossiya orasida 875 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.
"2023 yilning 15-aprelida tarixda birinchi marta Rossiyaning Yagona energetik tizimidan (YaET) Qirg‘iziston energetika tizimiga Qozog‘iston Yagona energiya tizimi orqali tranzit yo‘li bilan elektr energiyasi yetkazib berish boshlandi. 2023-yilning aprelidan 2024-yil martiga qadar rejalashtirilgan umumiy yetkazib berish hajmi 900 million kilovatt-soatga yetadi”, – deyiladi hisobotda.
Qayd etilishicha, rejalashtirilgan yetkazib berish jadvali tomonlar tomonidan operativ dispetcherlik nazorati qoidalari va energiya bozorlari faoliyati qoidalariga muvofiq muntazam ravishda kelishib olinadi.
Dastlabki bosqichda yetkazib berish hajmi soatiga 400 megavattgacha bo‘ladi. Uning miqdorini belgilovchi asosiy omil – Qozog‘iston energiya tizimining tranzit quvvati hisoblanadi.
“Agar (Qozog‘iston – tahr.) tranzit salohiyatini oshirish mumkin bo‘lsa, Rossiya tomoni Qirg‘izistonga mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 3 milliard kilovatt-soatga yetadigan kamomadni to‘liq qoplaydigan hajmda energiya yetkazib berishga tayyor”, — deya qo‘shimcha qildi "Inter RAO" vakili.
"Inter RAO" - bu Rossiyaning Yevropa va MDH hududidagi aktivlarni boshqaradigan diversifikatsiyalangan energetika xoldingi. RAO Rossiya Federatsiyasida elektr energiyasini eksport qilish va import qilish bo‘yicha yagona operator hisoblanadi.