Ishchi guruh O‘zbekistonda Ramazon hayiti qachon bo‘lishini aniqlamoqda - O‘MI

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Namaz xayit v Tashkente
Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga qo‘shni davlatlarda, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda Ramazon hayiti 21-aprel kuni nishonlanadi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasida (O‘MI) Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat yuritmoqda.
Ramazon Hayitining aniq sanasi ma’lum bo‘lishi bilan uni Telegram-kanalimizda e’lon qilamiz. Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.
O‘MI matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur ishchi guruhning vakillari mamlakatning turli hududlarida hamda AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqalarida ham kuzatish ishlarini olib bormoqda.
Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat mazkur ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatishmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.
Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlarni Ulamolar Kengashi ko‘rib chiqadi va tegishli xulosalarni qabul qiladi.
Qayd etish joizki, qo‘shni davlatlar, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonda Ramazon hayiti bu yil 21-aprel kuni nishonlanadi. Rossiyada ham Ramazon hayiti 21-aprel kuni bo‘lishi rasman e’lon qilingan.

Mavzuga oid:

Ramazon hayitida sunnat bo‘ladigan amallar
Zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Laylatul qadr qanday kecha?
Yangiliklar lentasi
0