O‘zbekistonning 3 viloyatida yirik fotoelektr stansiyalari quriladi

© Ministerstva energetiki Respubliki UzbekistanNa Tashkentskoy TES stroitsya solnechnaya fotoelektricheskaya stansiya
Na Tashkentskoy TES stroitsya solnechnaya fotoelektricheskaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Yangi loyihalar ishga tushirilishi natijasida yiliga 620 mln. m kub tabiiy gaz tejaladi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Birlashgan Arab Amirligining “Masdar” kompaniyasi tomonidan 396 mln AQSh dollari investitsiya evaziga yirik fotoelektr stansiyalari quriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Mazkur stansiyalar Surxondaryo (Sherobod), Samarqand (Kattaqo‘rg‘on) va Jizzax (G‘allaorol) viloyatlarida quriladi.
Yangi loyihalar umumiy 897 MVt quvvatiga ega bo‘ladi va yiliga 2 mlrd kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Natijada yiliga 620 mln metr kub tabiiy tabiiy gaz tejaladi hamda 600 000 dan ortiq xonadon “yashil energiya” bilan ta’minlanadi.
Samarqand (Kattaqo‘rg‘on) va Jizzax (G‘allaorol) viloyatlaridagi loyihalarning dastlabki quvvatlari joriy yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda. Uni 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0