Nuriddin Ismoilov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisini qabul qildi

© Press-slujba Zakonodatelnoy palati Oliy MajlisaUzbekistan – Tadjikistan: mejparlamentskie otnosheniya poslujat ukrepleniyu uz drujbi mejdu narodami
Uzbekistan – Tadjikistan: mejparlamentskie otnosheniya poslujat ukrepleniyu uz drujbi mejdu narodami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib oldilar.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. 17 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saytida ma’lum qilindi.
© Press-slujba Zakonodatelnoy palati Oliy MajlisaUzbekistan – Tadjikistan: mejparlamentskie otnosheniya poslujat ukrepleniyu uz drujbi mejdu narodami
Uzbekistan – Tadjikistan: mejparlamentskie otnosheniya poslujat ukrepleniyu uz drujbi mejdu narodami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Uchrashuvda so‘nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari va qat’iy siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston-Tojikiston qardoshlik rishtalari rivojida yutuqlarga erishilgani, ikki tomonlama aloqalar sezilarli darajada faollashgani alohida ta’kidlandi.
Tojikiston elchisiga ayni kunlarda O‘zbekiston xalqi va mamlakati bevosita demokratiyaning muhim instituti bo‘lmish umumxalq referendumiga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rayotgani yuzasidan ma’lumot berildi.
Abdujabbor Rahmonzoda mazkur jarayonlarning ommaviy axborot vositalarida keng va ochiq yoritib borilayotganligiga e’tibor qaratdi.
© Press-slujba Zakonodatelnoy palati Oliy MajlisaUzbekistan – Tadjikistan: mejparlamentskie otnosheniya poslujat ukrepleniyu uz drujbi mejdu narodami
Uzbekistan – Tadjikistan: mejparlamentskie otnosheniya poslujat ukrepleniyu uz drujbi mejdu narodami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlararo do‘stlik guruhlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada jadallashtirishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish, xususan delegatsiyalar almashuvi, o‘zaro tadbirlarda qatnashish hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0