O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Murod Xidir vafot etdi

© Yozuvchilar uyushmasiO‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Murod Xidir vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Murod Xidir vafot etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Murod Xidir 1939-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Olaqo‘yliq qishlog‘ida tug‘ilgan.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Murod Xidir kecha, 17-aprel kuni, 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.
Murod Xidir 1939-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Olaqo‘yliq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1962-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. U “Qashqadaryo haqiqati” va “Kelajak tongi” gazetalaridagi publitsistik maqolalari bilan elga tanilgan. “Guliston”, “Sharq yulduzi” va “San’at” jurnallarida ham faoliyat yuritgan.
“Sirli olam” jurnali, “Qalb ko‘zgusi” va “Sohibqiron yulduzi” gazetalarida bosh muharrirlik vazifasini bajargan. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda ishlagan.
Murod Xidir “Qirg‘oqlar”, “Amu sohillar bo‘ylab”, “Ko‘zacha va bo‘tacha”, “Toshko‘l”, “Kiyikcha va bo‘ynoq”, “Harf o‘yini” kabi kitoblar muallifi sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0