https://oz.sputniknews.uz/20230418/film-34031238.html
O‘zbekistonlik talabaning filmi Rossiya xalqaro kinofestivali finaliga chiqdi
O‘zbekistonlik talabaning filmi Rossiya xalqaro kinofestivali finaliga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu universitetning yana bir talabasi Ostonadagi kinofestivalda qisqa metrajli film taqdim etadi.
2023-04-18T16:52+0500
2023-04-18T16:52+0500
2023-04-18T16:52+0500
madaniyat
o‘zbekiston
film
gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya instituti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0e/32249751_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8edacc40755fa0b83681f798384060af.jpg
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent shahar filiali talabasi Timur Murodov “Kasseta” qisqa metrajli filmi bilan “Oltin qarg‘a” xalqaro kinofestivalining finaliga chiqdi. Bu haqda Rossiya universiteti filiali matbuot xizmati xabar berdi.Kartinada yolg‘iz farzandini tashlab, xorijga ishlashga ketishga majbur bo‘lgan otaning iztiroblari haqida hikoya qilinadi. Endi uning hayotining mazmuni o‘g‘lining tasviri tushirilgan eski kasseta yozuvlaridan iborat.“Oltin qarg‘a” yettinchi Arktika xalqaro kinofestivali 2023-yilning 24-aprelidan 7-mayiga qadar Anadir shahrida (Chukotka avtonom okrugi) bo‘lib o‘tadi.Filmni yuqori baholaganlar orasida uch karra “Oskar” mukofotiga nomzod kinorejissor va ssenarist Sergey Bodrov ham bor.Eslatib o‘tamiz, VGIKning Toshkent filiali 2021-yilda ochilgan. Ayni paytda bu yerda kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda 156 nafar talaba tahsil olmoqda. 2023/2024 o‘quv yilida birinchi kursga 73 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0e/32249751_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_76677c7b0cfdfb15d9a668f09e101208.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya film
O‘zbekistonlik talabaning filmi Rossiya xalqaro kinofestivali finaliga chiqdi
VGIKning Toshkent shahar filialining yana bir talabasi Ostonadagi kinofestivalda qisqa metrajli film taqdim etadi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent shahar filiali talabasi Timur Murodov “Kasseta” qisqa metrajli filmi bilan “Oltin qarg‘a” xalqaro kinofestivalining finaliga chiqdi. Bu haqda Rossiya universiteti filiali matbuot xizmati
xabar berdi. Kartinada yolg‘iz farzandini tashlab, xorijga ishlashga ketishga majbur bo‘lgan otaning iztiroblari haqida hikoya qilinadi. Endi uning hayotining mazmuni o‘g‘lining tasviri tushirilgan eski kasseta yozuvlaridan iborat.
“O‘g‘lining tasviri tushirilgan eski kassetalar hayotining mazmuni bo‘lgan ota haqidagi qisqa metrajli badiiy film bir qancha xalqaro festivallarda e’tirof etilgan”, — deyiladi xabarda.
“Oltin qarg‘a” yettinchi Arktika xalqaro kinofestivali 2023-yilning 24-aprelidan 7-mayiga qadar Anadir shahrida (Chukotka avtonom okrugi) bo‘lib o‘tadi.
Ushbu universitetning yana bir talabasi Ostonadagi kinofestivalda qisqa metrajli film taqdim etadi. Munisa Magomedova “Scotch” filmi bilan “Tomiris” IV xalqaro kinofestivalining tanlov dasturiga kiritilgan.
Filmni yuqori baholaganlar orasida uch karra “Oskar” mukofotiga nomzod kinorejissor va ssenarist Sergey Bodrov ham bor.
Eslatib o‘tamiz, VGIKning Toshkent filiali 2021-yilda ochilgan. Ayni paytda bu yerda kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda 156 nafar talaba tahsil olmoqda. 2023/2024 o‘quv yilida birinchi kursga 73 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.