AQSh maxfiy hujjatlar sizdirilishida gumonlanuvchining aloqalarini o‘rgandi

CC BY-SA 2.0 / David B. Gleason / The PentagonShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlar tergovchilari hujjatlar sizdirilishida gumonlanuvchining xorijiy aloqalarini tekshirishmoqda.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. AQSh tergovchilari maxfiy hujjatlarni oshkor qilganlikda ayblanib hibsga olingan amerikalik askar Jek Teysheyraning chet ellik shaxs yoki hukumat bilan aloqasi bor-yo‘qligini aniqlashga harakat qilishdi. Bu haqda RIA Novosti "Politico" nashriga tayanib xabar berdi.
"Amerikalik tergovchilar maxfiy hujjatlarni oshkor qilganlikda ayblanayotgan shaxs boshqa davlat yoki hukumatdan bo‘lgan odam bilan muloqot qilganmi yoki yo‘qligini tekshirishdi", - deyilgan xabarda.
Manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati va huquq-tartibot idoralari Teysheyraning sabablari va maqsadlarini kengroq tekshirish doirasida ma’lumotlar sizdirilishi ortida turishi mumkin bo‘lgan chet elliklar bilan bo‘lgan har qanday aloqalarini izlashgan.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, hozircha Teysheyraning bunday aloqalari borligi yoki uyushgan xorijiy operatsiya doirasida harakat qilgani haqida aniq dalillar yo‘q.
“Biz bu yigitning Discord serveridan tashqarida kim bilan gaplashgani va do‘stlarini hayratda qoldirishdan boshqa niyati bor-yo‘qligini hali ham bilmaymiz”, - dedi AQSh razvedkasining ismi oshkor etilmagan sobiq xodimi.
Yangiliklar lentasi
0