“Sportmaster” 2023-yilda O‘zbekistonda do‘kon ochadi

© Sputnik / Pavel LisisinMagazin "Sportmaster", arxivnoe foto
Magazin Sportmaster, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
"Tashkent City Mall" “Sportmaster” xalqaro sport do‘konlari tarmog‘i bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. “Sportmaster” riteyleri 2023-yilda O‘zbekiston poytaxtida qurilayotgan "Tashkent City Mall" savdo markazida do‘kon ochish niyatida, deb xabar berdi savdo markazi matbuot xizmati.

“Tashkent City Mall" “Sportmaster” xalqaro sport do‘konlari tarmog‘i bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi”, — deyiladi xabarda.

Rossiyalik riteyler erkaklar, ayollar va bolalar uchun xilma-xil brendlarga ega mahsulotlarni taqdim etadi: fitnes, yozgi va qishki sport turlari uchun sifatli buyumlar, shuningdek, kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar.
"Tashkent City Mall" savdo markazining ochilishi 2023-yil avgust oyiga mo‘ljallangan. 250 ming gektar maydonda 300 dan ortiq savdo shoxobchalari, fud-kortlar va ko‘ngilochar joylar o‘rin olishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0