Shavkat Mirziyoyevga go‘sht, sut va baliq yetishtirish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy, napravlennix na podderjku otrasley selskogo xozaystva.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy, napravlennix na podderjku otrasley selskogo xozaystva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda mol va tovuq go‘shi, sut va baliq yetishtirish hajmini oshirishga qaratilgan choralar ishlab chiqilmoqda.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekistonda sut, mol va parranda go‘shti hamda baliq yetishtirish miqdori oshadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida ushbu tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentga taqdim etilgan loyihalar:

Sut yig‘ish markazlari tashkil etiladi. Ularga kamida 100 ta aholi xonadoni biriktirilib, kooperativ tizim yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
64 ta chorvachilik kompleksi barpo etiladi. Buning uchun klasterlarga Jahon banki mablag‘lari jalb qilinib, chorva mollarini identifikatsiya qilish tadbirlari boshlanadi.
Parrandachidlik xo‘jaliklariga naslli jo‘jalar va ozuqa xarid qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 35 million dollar yo‘naltiriladi. Nnatijada parranda go‘shti yetishtirish hajmini yiliga 800 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Baliqchilik tarmog‘iga qo‘shimcha kreditlar ajratilishi, suv havzalarini ijaraga berish, krevetka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali joriy yilda 850 ming tonna baliq yetishtirish mumkin.
Asalari bilan changlatish ko‘lami oshiriladi. Ushbu maqsadda 50 ming gektar bog‘ va 200 ming gektar dala chetlarida asalari uyalarini joylashtirish, qo‘shimcha sharoitlar yaratib, aholini asalchilikka jalb etish choralari belgilandi.
Xabrada aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda asosiy tur oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l va arzon bo‘lishini ta’minlash maqsadida fermer va tadbirkorlar uchun turli imkoniyatlar yaratilmoqda.
Xususan, 2022-yilda chorvachilikda 1 ming 400 ta loyiha amalga oshirilib, qoramollar soni 14 million, qo‘y-echkilar soni 24 million boshga yetgan. Parrandachilik xo‘jaliklari soni 1 ming 300 tani tashkil etib, tuxum yetishtirish 4 foiz, go‘shtda 28 foiz oshgan. Baliqchilik yo‘nalishida 290 ta loyiha amalga oshirilib, 502 ming tonna tansiq go‘sht yetishtirilgan. 27 ming tonna asal yetishtirildi, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0