Rossiyada migratsiya sohasida yagona monitoring tizimi ishga tushirilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
Xorijiy fuqarolar uchun xizmatlarning asosiy qismini raqamlashtirish va immigratsiyadan oldingi markazlarni tashkil etish bo‘yicha shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya hukumati 2023-yilda migratsiya sohasidagi axborotni monitoring qilish va qayd etishning yagona tizimini ishga tushirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining materiallarida aytiladi.
Shuningdek, xorijiy fuqarolar uchun xizmatlarning asosiy qismini raqamlashtirish va immigratsiyadan oldingi markazlarni (O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston) tashkil etish bo‘yicha shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, joriy yilda Rossiya iqtisodiyoti tarmoqlarining xorijdan mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini baholash metodikasini ishlab chiqish va 2025-yilgacha davlat migratsiya siyosati konsepsiyasiniaktuallashtirishrejalashtirilgan.
Aprel oyi o‘rtalarida Rossiya Migrantlar federatsiyasining sobiq rahbari Vadim Kojenov migratsiya sohasidagi hozirgi vaziyatda bir qator dolzarb muammolar pishib yetilganini ta’kidladi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, gap xorijliklarni migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish muammosi haqida bormoqda – mavjud mexanizmlar eskirgan, barcha tartib va ​​jarayonlarni isloh qilish talab etiladi. Shu munosabat bilan Kojenov migrantga alohida ilova yoki davlat xizmatlari portalidagi akkaunt orqali o‘zini migratsiya ro‘yxatidan o‘tish imkoniyatini berishni taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0