Qozog‘iston “Tolibon”* hukumati yangi diplomatlarini qabul qiladi

© AP Photo / Khwaja Tawfiq SediqiFlag talibov
Flag talibov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston yangi ma’muriyati vakillarining Ostonaga kelishi bu ularni tan olishni anglatmaydi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi amaldagi Afg‘oniston hukumati – “Tolibon”ning* ular diplomatlarini Ostonada akkreditatsiyadan o‘tkazish iltimosiga ijobiy javob qaytardi. Bu haqda mamlakat TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.
“Afg‘oniston yangi ma’muriyatining diplomatlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosiga javoban biz tomonimizdan ijobiy qaror qabul qilindi”, - dedi Smadiyarov brifingda. Uning so‘zlaridan Sputnik Qozog‘iston iqtibos keltirgan.
Smadiyarovning tushuntirishicha, Afg‘onistonda 2021-yil avgustida oldingi hukumati qulashi bilan hukumat bo‘shlig‘i yuzaga kelgan. Afg‘onistonning xorijdagi elchixonalari bu davlat nomidan gapirishni to‘xtatgan. Vaziyat murakkab, biroq nodir emas.
TIV rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston yangi ma’muriyati vakillarining Ostonaga kelishi bu ularni tan olishni anglatmaydi. Tan olish BMTning alohida huquqi bo‘lib qoladi
Joriy yil fevralida “Tolibon”* hukumati Istanbuldagi Afg‘oniston bosh konsulxonasi xodimlarining yangi tarkibini tayinladi. Shuningdek, Pokiston, Rossiya, Xitoydagi Afg‘oniston diplomatik vakolatxonalari toliblar nazorati ostiga o‘tgan. Biroq bu mamlakatlardan birortasi Afg‘oniston muvaqqat hukumatining qonuniyligini haligacha tan olmagan.
Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etdi. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqiy ham Samarqandga keldi, lekin u faqat ayrim davlatlar TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistonning amaldagi rasmiylari jahon hamjamiyatining asosiy talablari – inklyuziv hukumat yaratish, afg‘onistonlik ayollarning mehnat va ta’lim olish imkoniyatini hamda milliy ozchiliklarning huquqlarini ta’minlash kabi asosiy talablarning bajarishi kerakligini qayd etishdi.

Afg‘onistonda hukumat o‘zgarishi

2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon”* afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.
31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etdi va AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy missiyasi yakun topdi. Sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga “Tolibon”ning* birinchi hukmronligi davrida TIV rahbari bo‘lib ishlagan va 2001-yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund boshchilik qildi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot

Mavzuga oid:

"Tolibon"* hukumatning inklyuzivlik muammosini hal qilishi kerak — Lavrov
Afg‘onistonda tinchlik uchun qo‘shni davlatlar barcha ishni qilishi kerak — Saidov
Infratuzilma loyihalar Afg‘oniston tinch kelajagi poydevoriga aylanishi mumkin — Saidov
Afg‘onistondagi beqarorlik uchun AQSh javobgar – Eron TIV
Yangiliklar lentasi
0