O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosida taqiqlangan modda aniqlandi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaShaxriyor Jabborov
Shaxriyor Jabborov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Shahriyor Jabborov doping test natijalari tufayli futboldan vaqtincha chetlashtirildi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Tartib-intizom qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining Avstraliyaga qarshi o‘yindan keyin topshirgan doping testi shunday natija bergan.
Yakuniy qaror chiqqunga qadar OFK Tartib-intizom qo‘mitasi Jabborovni futbol bilan bog‘liq barcha tadbirlar, jumladan, ichki, xalqaro o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlardagi ishtirokini vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qilgan.
"Paxtakor" a’zosi 20 yoshli Jabborov Osiyo kubogi chorak finalida Avstraliyaga qarshi o‘yinda 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, golli uzatma muallifi bo‘lgan edi. Penaltilar seriyasida esa o‘zbekistonliklar raqiblarini ortda qoldirishgandi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi finalda Iroqni mag‘lub etib (1:0) U-20 Osiyo kubogi chempioni aylangan.
Yangiliklar lentasi
0