Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim joylarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
“Hududgaz Poytaxt” ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilmoqda.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Bugun ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani “A.Temur” MFY, O‘rta Osiyo trans ko‘chasida joylashgan yer usti d-76 mmli o‘rta bosim gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
Shu tufayli 17-aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
O‘rta Osiyo trans 1-2-3-4 tor ko‘chalarida joylashgan jami 68 ta uy xo‘jaliklarida hamda hududdagi 7 ta ulgurji iste’molchilarida.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0