Ukrainaliklar Zelenskiyga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi – AQSh razvedkachisi

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya press-konferensii s prezidentom SShA Djo Baydenom v Belom dome 21-dekabrya 2022 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya press-konferensii s prezidentom SShA Djo Baydenom v Belom dome 21-dekabrya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ukrainaliklar Zelenskiyga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishadi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qo‘zg‘olon paytida ukrainalik fuqarolarning noroziligi tufayli halok bo‘ladi, deydi AQSh dengiz piyodalari korpusining iste’fodagi razvedkachisi Skott Ritter.
“Gumanist sifatida siz uni va uning oilasini samolyot yoki poyezdga mindirib, u yerda qulay hayot kechirishlari mumkin bo‘lgan surgunga jo‘natishni, Ukraina xalqiga qilgan ishlari uchun dunyo tomonidan abadiy qoralanganini ko‘rishni xohlaysiz. Ammo agar real tarzda o‘ylasangiz, u katta ehtimol bilan unga qarshi chiqadigan ukrainaliklar qo‘lida o‘ladi”, deb taxmin qildi ekspert.
Uning ta’kidlashicha, ukrainaliklar Zelenskiyga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishadi, chunki u nafaqat jang maydonidagi vaziyat va yuz minglab o‘lgan askarlar, balki o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan millionlab fuqarolar tufayli ham Ukraina jamiyatining butunlay qulashini jonli tarzda tasvirlab beradi.
“Bu har jihatdan fojiali holat”, - deydi sobiq harbiy.
Avvalroq Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor ham Ukraina harbiylari Zelenskiyga suiqasd uyushtirishi mumkinligini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0