Yaponiya bosh vaziri chiqish qilayotgan joyda portlash sodir bo‘ldi — video

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishFumio Kisida
Fumio Kisida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Voqea guvohlarining aytishicha, bosh vazir paydo bo‘lganida bir yigit o‘ning tomoniga “silindrsimon qora narsa” uloqtirgan.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Vakayama shahrida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida nutq so‘zlagan joy yaqinida portlash bo‘ldi, hukumat rahbari darxol evakuatsiya qilindi. Bu haqda RIA Novosti NHK kanaliga tayanib xabar berdi.
“Taxminan soat 11:30da Bosh vazir Fumio Kisida Vakayama shahridagi Saigasaki baliq ovlash portini tekshirishni yakunladi va omma oldida chiqish qilishi kerak edi, biroq bundan sal oldin kuchli portlash ovozi eshitildi”, — deyiladi xabarda.
Siyosatchi jabrlanmagan. U rejalashtirilgan tadbirni bekor qildi va Vakayama prefekturasi politsiya shtab-kvartirasiga jo‘nadi.
Voqea guvohlarining telekanalga aytishicha, bosh vazir paydo bo‘lganida bir yigit o‘ning tomoniga “silindrsimon qora narsa” uloqtirgan. Shundan so‘ng politsiya erkakni qo‘lga oldi, bir necha soniyadan so‘ng portlash ovozi va tutun paydo bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0