https://oz.sputniknews.uz/20230415/tugma-yurak-nuqsoni-33967324.html
Qanday holatlarda bola tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga keladi — mutaxassis javobi
Qanday holatlarda bola tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga keladi — mutaxassis javobi
Sputnik O‘zbekiston
Shifokor tug‘ma yurak nuqsoni kasalligining kelib chiqishi, unga qanday omillar sabab bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi.
2023-04-15T22:00+0500
2023-04-15T22:00+0500
2023-04-15T22:00+0500
o‘zbekiston
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/05/20775241_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_ac9be0cf655249c06db26d63f830fe15.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bola tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelishining asosiy 6 ta sababi bor, deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Hakimjon Abrolov.Shifokor tug‘ma yurak nuqsoni kasalligining kelib chiqishi, unga qanday omillar sabab bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi. Qayd etilishicha, yurakning tug‘ma nuqsonlari yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va hayotining birinchi yilidagi bolalar o‘limi bo‘yicha yuqori o‘rinda turadi.Xastalik rivojlanishining asosiy 6 ta sababi bor.Ular quyidagilardan iborat:Shuningdek, homilador ayollardagi anemiya, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, ba’zi dorilardan foydalanish ham homilaning sog‘lom rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi, natijada, bola tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelishi mumkin.Kasallikka chalingan bolalarda bir necha simptomlar kuzatiladi:Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, shu kunlarda tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekayotgan 2 ming nafar bola davlat tomonidan ajratilgan 64 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga yuqori texnologik operatsiyalar orqali og‘ir darddan xalos bo‘lmoqda. Ularning barchasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/05/20775241_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_14a807b9f92290b59af4403605181966.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tug‘ma yurak nuqsoni ssv shifokor tavsiyasi
o‘zbekiston tug‘ma yurak nuqsoni ssv shifokor tavsiyasi
Qanday holatlarda bola tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga keladi — mutaxassis javobi
Shifokor tug‘ma yurak nuqsoni kasalligining kelib chiqishi, unga qanday omillar sabab bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bola tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelishining asosiy 6 ta sababi bor, deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Hakimjon Abrolov.
Shifokor tug‘ma yurak nuqsoni kasalligining kelib chiqishi, unga qanday omillar sabab bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi. Qayd etilishicha, yurakning tug‘ma nuqsonlari yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va hayotining birinchi yilidagi bolalar o‘limi bo‘yicha yuqori o‘rinda turadi.
Xastalik rivojlanishining asosiy 6 ta sababi bor.
Ular quyidagilardan iborat:
Onaning surunkali yoki o‘tkir infeksiyali kasalliklari;
Normonal va neyrogumoral faktorlar;
Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh.
Shuningdek, homilador ayollardagi anemiya, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, ba’zi dorilardan foydalanish ham homilaning sog‘lom rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi, natijada, bola tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelishi mumkin.
Kasallikka chalingan bolalarda bir necha simptomlar kuzatiladi:
Lablar, quloqlar va tirnoq ostidagi terining ko‘karishi;
Tana vazni ortishining sustligi;
Nafas olish paytida qovurg‘alarning siqilishi;
"Uning oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirishdan avval bo‘lajak ota-ona tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tishi va aniqlangan xastaliklardan to‘liq davolanishi lozim. Buning eng samarali yo‘li homilador ayollarni skrining ko‘rigiga o‘z vaqtida jalb etishdir", deydi shifokor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, shu kunlarda tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekayotgan 2 ming nafar bola davlat tomonidan ajratilgan 64 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga yuqori texnologik operatsiyalar orqali og‘ir darddan xalos bo‘lmoqda. Ularning barchasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari.