Mirziyoyev va Berdimuhamedov “Shovot-Toshovuz” savdo zonasini tashkil etish haqida gaplashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vstretil Prezidenta Turkmenistana Serdara Berdimuxamedova v rezidensii "Kuksaroy".
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev vstretil Prezidenta Turkmenistana Serdara Berdimuxamedova v rezidensii Kuksaroy.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish masalasiga e’tibor qaratildi.
Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, eng avvalo, “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yangiliklar lentasi
0