Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendum kuni nogironligi bor shaxslar uchun bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© CC0 / Unsplash / Steven HWGJenshina v invalidnom kresle
Jenshina v invalidnom kresle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Nogironligi bor shaxslar uchun referendum uchastkalarida qanday sharoitlar yaratilishi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Referendum kuni nogironligi bor shaxslar uchun bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining № 1237-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Hujjat bilan referendumda ovoz berish bulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret tasdiqlandi. Unga ko‘ra, referendum uchatkalariga 19-aprelga qadar tegishli miqdordagi trafaretlar yetkazib beriladi.
© SIKBulleten
Bulleten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Bulleten
Nogironligi bor shaxslar uchun referendum uchastkalarida quyidagi sharoitlar yaratiladi:
nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari joylashtiriladi;
zaruratga ko‘ra, referendum uchastkalarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ovoz beruvchi fuqarolar uchun optik lupalar hamda yoritkichlar qo‘yiladi;
ehtiyojdan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolar gavjum yashaydigan hududlarda, ularning referendum uchastkalariga kelib ketishlari uchun bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi;
referendum uchastkasi joylashgan binolarning kirib-chiqish joylariga eni kamida 90 sm va chiqish burchagi (qiyaligi) 300 dan ko‘p bo‘lmagan nishab yo‘lakchalar (panduslar) o‘rnatiladi.
Qolaversa, ovoz berish binolariga yaqin bo‘lgan avtomobillar to‘xtab turish joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0