O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlangani rad etildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishTomati
Tomati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi holatga aniqlik kiritish maqsadida tezkor surishtiruv va o‘rganishlar olib bordi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlanmagan. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, telegram tarmog‘idagi bir nechta yangiliklar kanalida “Ogoh bo‘ling: O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlandi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Qozog‘iston telekanalining “24KZ” telekanali orqali namoyish etilgan lavha asos bo‘ldi.
Agentlik tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida tezkor surishtiruv va o‘rganishlar olib borildi.
Dastlabki natijalariga ko‘ra Qozog‘iston tomoni O‘zbekistondan import bo‘lgan pomidor mahsulotlarida pomidor jigarrang virusi va boshqa karantin kasalliklar aniqlanganligi yuzasidan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagan va e’tiroznoma jo‘natmagan.
“Ushbu tarqalgan xabarga izoh bergan fitosanitariya xizmatining Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari I.Begasilov pomidor jigarrang virusi aniqlanish holati yuzasidan import bo‘lgan 43 tonna pomidor mahsulotida aynan O‘zbekistondan yuklangan mahsulotida xavfli virus qayd etilmaganini telefon muloqotida tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mamlakatdan pomidor eksporti bo‘yicha Agentlik tomonidan 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida importer davlatlarning fitosanitariya talablariga muvofiq jami 24 147 tonna pomidor mahsulotiga xalqaro fitosanitariya sertifikati berilgan.
Importer davlatlarning karantin xizmati tomonidan nomuvofiqlik holatlari aniqlanganlik yuzasidan e’tiroz holati qayd etilmagan.
Yangiliklar lentasi
0