Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendum kuni jamoat xavfsizligi xodimlari o‘z ishini uchastkaga kirmagan holda olib boradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Referendum kuni ovoz berish binolarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar biriktiriladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Referendum kuni jamoat xavfsizligiga mas’ul xodimlar o‘z faoliyatini uchastkaga kirmagan holda olib boradi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining 1236-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, referendum okruglari va uchastkalari hududida, komissiyalar joylashgan binolarda, shu jumladan ovoz berish binolarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar biriktiriladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimlar vazifalari:
Ovoz berish bulletenlari hamda boshqa hujjatlar saqlanadigan binolarning (xonalar) qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
ovoz berish bulletenlari xavfsiz yetkazib berilishini ta’minlaydi;
referendum natijalariga doir hujjatlar, shu jumladan ovoz berish yakunlariga oid bayonnomalarni topshirishda ularni kuzatib boradi hamda xavfsizligini ta’minlaydi;
Ular referendum kuni xizmat faoliyatini ovoz berish binosiga kirmagan holda olib boradi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
ovoz beruvchi fuqarolar, kuzatuvchilar va referendum jarayonining boshqa ishtirokchilariga ta’sir o‘tkazish;
ovoz beruvchi fuqaro ovoz berish bulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasiga kirish;
biron-bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;
ovoz beruvchi fuqarolardan ular bergan ovozlari haqida surishtirish yoki ularga ovoz berish bulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
referendum o‘tkazuvchi komissiya faoliyatiga, shu jumladan ovoz berish qutilarini muhrlashga, ularni ochishga, ovozlarni sanab chiqishga aralashish.
Taqiqlangan holatlarni amalga oshirish ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Agar referendum uchastkasida tartibsizlik yuzaga kelsa, uchastka komissiyasi raisi jamoat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimga murojaat qilishi mumkin.
Tartibsizlik bartaraf etilganidan so‘ng mas’ul xodim uchastka komissiyasi raisi ko‘rsatmasi asosida ovoz berish binosini tark etishi va xizmatni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0