Ilon Mask sun’iy intellekt kompaniyasiga asos soldi

© AFP 2023 / ERIC PIERMONTIlon Mask. Arxivnoe foto.
Ilon Mask. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Ilon Mask Nevada shtatida ro‘yxatdan o‘tgan X.AI nomli yangi sun’iy intellekt kompaniyasini yaratdi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask sun’iy intellekt sohasida X.AI kompaniyasiga asos soldi. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal nashriga tayanib xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, Ilon Mask Nevada shtatida ro‘yxatdan o‘tgan X.AI nomli yangi sun’iy intellekt kompaniyasini yaratdi.
Nashr ta’kidlaganidek, o‘tgan oy taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, Mask kompaniyaning yagona ko‘rsatilgan direktori hisoblanadi. Maskning oilaviy investitsiya firmasi “Excession”ni boshqaruvchi Jared Birchall esa kompaniya kotibi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq neyron tarmoqlar va sun’iy intellekt rivojlanishini to‘xtatib turish bo‘yicha takliflar fonida Ilon Mask super intellektni ishlab chiquvchilar haqidagi latifani eslatgan edi. U bu latifa bilan sun’iy intellektning nazoratsiz rivojlanishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga doir:
Kelajakda neyron tarmoqlar ko‘plab kasb egalarini ishsiz qoldirishi mumkin — tadqiqot.
Yangiliklar lentasi
0