Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Samarqand — 2023
2023 yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning arafasida, 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.

"Tolibon"* hukumatning inklyuzivlik muammosini hal qilishi kerak — Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) v uzkom sostave v gostinitse "Minon".
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del (SMID) gosudarstv-uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) v uzkom sostave v gostinitse Minon.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
"Tolibon"* de-fakto tan olingan, lekin de-yure bo‘lishi uchun ular haqiqiy inklyuziv hukumat tashkil qilishi va ayollar huquqlarini ta’minlashi kerak - Lavrov.
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Afg‘onistonda bugun hukmronlik qilayotgan "Tolibon"* davlat boshqaruvida barcha siyosiy va etnik guruhlar manfaatlarini ta’minlash muammosini hal qilishi kerak. Bu ularning dunyo mamlakatlari tomonidan rasman tan olishi yo‘lidagi qadami bo‘ladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Samarqandda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

“Albatta, "Tolibon"* bugungi kunda voqealikdir hukumat, lekin bu voqelik Afg‘onistondagi barcha tomonidan ham qabul qilinmaydi. Bu yerda birinchi navbatda hukumatining inklyuziv bo‘lmagan tarkibi nuqtayi nazaridan. Bugun u yerda faqat bitta siyosiy kuch vakillari taqdim etilgan — "Tolibon"* harakati", - dedi Lavrov.

"Tolibon"* tashkil etgan Afg‘oniston hukumati (Afg‘onistondagi eng yirik etnik guruh bo‘lmish pushtunlardan tashqari – tahr.) o‘zbeklar, tojiklar va hazoralarni o‘z ichiga olganini, ammo siyosiy jihatdan bu etnik guruhlar vakillari "Tolibon"* tarkibiga kirganini ko‘rsatmoqda, deya qo‘shimcha qildi Lavrov.

"Inklyuziv hukumat yaratish nuqtayi nazaridan - nafaqat etnik, balki siyosiy nuqtayi nazardan ham - albatta, hali oldinda ko‘p ishlar bor bor. Biz hammamiz bir ovozdan "Tolibon"*ni ushbu yillar davomida kun tartibida bo‘lgan va xalqaro hamjamiyat, jumladan, BMT doirasida e’tibor qaratilayotgan muammolarni hal qilishga chaqirdik", — dedi Rossiya diplomatiyasi rahbari.

Uning ta’kidlashicha, inklyuziv hukumatni yaratish rasmiy tan olish - nafaqat de-fakto, balki de-yure tan olish yo‘lidagi qadam bo‘ladi.
“Ushbu masalalarni tezroq hal etish uchun ayollar va qizlarning saylov va ta’lim huquqlari muammosini hal etish ham prinsipial ahamiyatga ega”, — deya qo‘shimcha qildi rossiyalik vazir.
Ma’lumot uchun, 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqiy ham Samarqandga keldi, lekin u faqat ayrim davlatlar TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgust oyi boshida AQSh va NATO qo‘shinlari salkam 20-yilllik harbiy missiyadan so‘ng Afg‘onistonni tark etishi natijasida "Tolibon"* Kobulga kirib kelgan va hukumatni egallagan edi. O‘sha yilning sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga "Tolibon"*ning birinchi hukmronligi davrida TIV rahbari bo‘lib ishlagan va 2001-yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund boshchilik qildi. Rossiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlar Afg‘oniston yangi hukumatini tan olish uchun ulardan inklyuziv hukumat tashkil qilish talabini qo‘ygan edi.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0