Taxtaqoracha dovonida yuk avtomobili jarlikka quladi va yonib ketdi

Obuna bo‘lish
Haydovchi va unga hamrohlik qilayotgan fuqaro mashinadan sakrashga ulgurgan. Hozir ular kasalxonada.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidan o‘tuvchi Taxtaqoracha dovonida yuk mashinasi pastlikka tushib ketishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 14-aprel kuni soat taxminan 09:45 da Kitob tumanidan o‘tuvchi Taxtaqoracha dovoni avtomobil yo‘lining 1139-kilometrida sodir bo‘lgan. Samarqand–Qashqadaryo yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan “Isuzu”ning 24 yoshli haydovchisi O.A. ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yuk mashinasi pastlikka tushib ketgan va unda yong‘in chiqqan.
Qayd etilishicha, transport vositasi to‘liq yongan. Qutqaruvchilar guruhi manzilga yetib borib, yong‘in oqibatlarini bartaraf etgan.
Haydovchi va unga hamrohlik qilayotgan fuqaro mashinadan sakragan. Sakrash oqibatida ular tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
1/2
Na perevale "Taxtakaracha" gruzovik sorvalsya s obriva
2/2
Na perevale "Taxtakaracha" gruzovik sorvalsya s obriva
Yangiliklar lentasi
0