https://oz.sputniknews.uz/20230414/sergey-lebedev-qozogiston-mukofot-33913060.html
Sergey Lebedev Qozog‘iston davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Sergey Lebedev Qozog‘iston davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Sergey Lebedevga I darajali “Do‘stlik” ordeni topshirildi.
2023-04-14T08:24+0500
2023-04-14T08:24+0500
2023-04-14T11:00+0500
samarqand — 2023
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
qozog‘iston
sergey lebedev
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0e/33913178_0:36:577:360_1920x0_80_0_0_607bcc712bb4ff07ed0e0019b97672bf.png
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev Qozog‘iston davlat mukofoti bilan taqdirlandi.Samarqand shahrida MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda tomonlar Hamdo‘stlik doirasidagi integratsion hamkorlik masalalari, shuningdek, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishi mavzularini muhokama qilishdi.Uchrashuv so‘ngida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev nomidan Murat Nurtleu Sergey Lebedevga I darajali “Do‘stlik” (Dostik) ordenini topshirdi.“Do‘stlik” (Dostik) ordeni – Qozog‘iston Respublikasining davlat mukofoti. U jamiyatda o‘zaro totuvlikni saqlash yo‘lidagi samarali mehnati, xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun beriladi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0e/33913178_0:0:577:432_1920x0_80_0_0_684bf7b625116239f54765343dcdaa83.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston samarqand qozog‘iston rossiya
o‘zbekiston samarqand qozog‘iston rossiya
Sergey Lebedev Qozog‘iston davlat mukofoti bilan taqdirlandi
08:24 14.04.2023 (yangilandi: 11:00 14.04.2023) Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev nomidan Samarqandda bo‘lib turgan Sergey Lebedevga I darajali “Do‘stlik” ordeni topshirildi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev Qozog‘iston davlat mukofoti
bilan taqdirlandi. Samarqand shahrida MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar Hamdo‘stlik doirasidagi integratsion hamkorlik masalalari, shuningdek, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishi mavzularini muhokama qilishdi.
Uchrashuv so‘ngida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev nomidan Murat Nurtleu Sergey Lebedevga I darajali “Do‘stlik” (Dostik) ordenini topshirdi.
“Do‘stlik” (Dostik) ordeni – Qozog‘iston Respublikasining davlat mukofoti. U jamiyatda o‘zaro totuvlikni saqlash yo‘lidagi samarali mehnati, xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun beriladi.