https://oz.sputniknews.uz/20230414/samarqandmadaniy-poytaxti-33934341.html
Samarqand 2024-yilda MDHning madaniy poytaxti bo‘lishi mumkin
Samarqand 2024-yilda MDHning madaniy poytaxti bo‘lishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
MDH Tashqi ishlar vazirlari Samarqand shahrini 2024-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti deb e’lon qilish masalalarini Davlat rahbarlari kengashlari muhokamasiga... 14.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-14T14:27+0500
2023-04-14T14:27+0500
2023-04-14T14:54+0500
samarqand — 2023
o‘zbekiston
samarqand
mdh tivk samarqand kengashi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0e/32877741_0:121:1555:996_1920x0_80_0_0_99e4aa95755848a90780e34ece0f5c56.jpg
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Samarqand 2024-yilda MDHning madaniy poytaxti bo‘lishi mumkin. Bu haqda Samarqandda o‘tayotgan Hamdo‘stlikning TIV rahbarlari yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Samarqand shahrini 2024-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti deb e’lon qilish masalalarini Davlat rahbarlari kengashlari muhokamasiga kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.Yig‘ilishda MDH doirasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilindi. Ular keyinchalik tashkilotning oliy nizom organlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.Ma’lumot uchun, Samarqandda 14-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda MDH rahbariyati delegatsiyalari ishtirok etmoqda. Kun tartibida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikka doir 11 ta masala kiritilgan. Ular orasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, MDH formatida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, tashqi siyosatni muvofiqlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha harakatlar dasturlari bor. Undan tashqari, dunyodagi geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, Hamdo‘stlik davlatlari va uning chegaralari bo‘ylab xavfsizlik va huquq-tartibotni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilgan. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Xususan, Patris Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetiga jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha MDH tayanch tashkiloti maqomini berish rejalashtirilmoqda. Vazirlar tomonidan ma’qullangan bir qator hujjatlar keyinchalik joriy yilning 8-iyunida MDH Hukumat rahbarlari kengashiga yoki 13-oktabrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0e/32877741_86:0:1469:1037_1920x0_80_0_0_a9bf150a7b1f786bab88627d9068f160.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, samarqand, mdh tivk samarqand kengashi, jamiyat
o‘zbekiston, samarqand, mdh tivk samarqand kengashi, jamiyat
Samarqand 2024-yilda MDHning madaniy poytaxti bo‘lishi mumkin
14:27 14.04.2023 (yangilandi: 14:54 14.04.2023) MDH Tashqi ishlar vazirlari Samarqand shahrini 2024-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti deb e’lon qilish masalalarini Davlat rahbarlari kengashlari muhokamasiga kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Samarqand 2024-yilda MDHning madaniy poytaxti bo‘lishi mumkin. Bu haqda Samarqandda o‘tayotgan Hamdo‘stlikning TIV rahbarlari yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Samarqand shahrini 2024-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti deb e’lon qilish masalalarini Davlat rahbarlari kengashlari muhokamasiga kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
Yig‘ilishda MDH doirasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilindi. Ular keyinchalik tashkilotning oliy nizom organlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
“2024 yilda Samarqandga MDHning madaniy poytaxti, shu yilning o‘zida Toshkent shahriga MDHning Yoshlar poytaxti maqomi berilishi O‘zbekistonning MDH doirasidagi o‘zaro hamkorligimizdagi faol ishtirokining yorqin dalilidir”, - deydi MDH bosh kotibi Sergey Lebedev.
Ma’lumot uchun, Samarqandda 14-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda MDH rahbariyati delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Kun tartibida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikka doir 11 ta masala kiritilgan. Ular orasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, MDH formatida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, tashqi siyosatni muvofiqlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha harakatlar dasturlari bor.
Undan tashqari, dunyodagi geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, Hamdo‘stlik davlatlari va uning chegaralari bo‘ylab xavfsizlik va huquq-tartibotni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilgan.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Xususan, Patris Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetiga jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha MDH tayanch tashkiloti maqomini berish rejalashtirilmoqda.
Vazirlar tomonidan ma’qullangan bir qator hujjatlar keyinchalik joriy yilning 8-iyunida MDH Hukumat rahbarlari kengashiga yoki 13-oktabrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.