Mirzamahmudov Moskvada neft va AES istiqbollarini muhokama qildi

© Pravitelstvo RFVstrecha Aleksandra Novaka s Jurabekom Mirzamaxmudovim
Vstrecha Aleksandra Novaka s Jurabekom Mirzamaxmudovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Mirzamahmudov Novak bilan neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish va atom energetikasi sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Suhbat chog‘ida, xususan, O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlari, shuningdek, Rosatomning yangi yadroviy inshootlarni qurishdagi ishtiroki istiqbollari muhokama qilindi.
“Biz Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining qardoshlik xususiyatini yuksak qadrlaymiz. Davom etayotgan geosiyosiy keskinlikka qaramay, Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalari faol rivojlanmoqda. Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar davom etmoqda”, — dedi Aleksandr Novak muzokaralarni ochar ekan.
Uchrashuv yakunida Aleksandr Novak Jo‘rabek Mirzamahmudovni uchta muhim xalqaro sanoat tadbirida: 3-4 may kunlari Mineralnie Vodi shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi Kavkaz investitsiya ko‘rgazmasida, shuningdek, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida, 14-17 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Sankt-Peterburg va 11-13 oktabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan Rossiya energetika haftaligida ishtirok etishga taklif qildi.
Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo va investitsiyaviy hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, o‘tgan yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2021-yilga nisbatan 26 %ga oshgan. 2023-yilda o‘sish tendensiyasi davom etmoqda.
Shuningde, Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy investorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Rossiya kompaniyalari, jumladan, yoqilg‘i-energetika sohasi kompaniyalari mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni oshirmoqda. Bu sohada 2022-yilda 19 ta yangi qo‘shma loyihani ishlab chiqishni boshladi.
Yangiliklar lentasi
0