Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Samarqand — 2023
2023 yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning arafasida, 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.

Rossiya G‘arbning “ikkinchi front” yaratishga urinishlarini hisobga oladi — Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del KNR Sin Ganom v ramkax chetvertoy ministerskoy konferensii stran-sosedey Afganistana v otele "Minon" Samarkande. Na meropriyatii 13-aprelya s uchastiyem Rossii, Kitaya, Irana, Pakistana, Tadjikistana, Turkmenistana i Uzbekistana planiruyetsya sverka pozitsiy stran-uchastnis na afganskom napravlenii.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del KNR Sin Ganom v ramkax chetvertoy ministerskoy konferensii stran-sosedey Afganistana v otele Minon Samarkande. Na meropriyatii 13-aprelya s uchastiyem Rossii, Kitaya, Irana, Pakistana, Tadjikistana, Turkmenistana i Uzbekistana planiruyetsya sverka pozitsiy stran-uchastnis na afganskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov Rossiya o‘zining harbiy-siyosiy va diplomatik rejalarida G‘arbning Gruziya, Moldovada, shuningdek, Polsha harbiy kontingentini Belarus bilan chegarada “ikkinchi front” yaratishga urinishlarini hisobga olishini ma’lum qildi.
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Rossiya G‘arbning Gruziya va Moldovada “ikkinchi front” yaratishga urinishlarini hisobga oladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zining harbiy-siyosiy va diplomatik rejalarida G‘arbning Gruziya, Moldovada, shuningdek, Polsha harbiy kontingentini Belarus bilan chegarada “ikkinchi front” yaratishga urinishlarini hisobga oladi.

"Bu omillarning kombinatsiyasi hech kimga hotirjam bo‘lishga imkon bermaydi, biz xotirjam bo‘lmaymiz, biz bularning barchasini ko‘rib turibmiz va o‘z rejalashtirimizda ham harbiy-siyosiy, ham diplomatik va boshqa jihatlarni hisobga olamiz", - deydi u.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Gruziya rahbariyatini "ikkinchi front" yaratishga jalb qilishga urinishlarni ko‘rgan, biroq mamlakat rasmiylari mas’uliyatli yondashuvni namoyon etdi va bunday harakatlardan bosh tortgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ular Moldovadan “ikkinchi, uchinchi, bir yarim front” qilishga urinayotganliklari haqida xabarlar bor.
Moldovada prezident va hukumatning g‘arbparast yo‘nalishiga, iqtisodiy taraqqiyot manfaatlarini mensimaslikka qarshi norozilik namoyishlari bo‘lganda G‘arbning u yoki bu rahbariyatga munosabati yaqqol namoyon bo‘ldi.
"G‘arb buni deyarli qonuniy hokimiyatni ag‘darishga urinish sifatida qoraladi, bir vaqtning o‘zida Gruziyada mutlaqo aniq, tushunarli qonun loyihasiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, unga ko‘ra siz chet eldan pul olsangiz va ijtimoiy va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullansangiz - iltimos, pul qayerdan kelganini ayting deyilgandi", - deya qayd etdi Lavrov.
Rossiya TIV rahbari Gruziya misolida norozilik namoyishlari G‘arb tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganiga e’tibor qaratdi.
Lavrov o‘z nutqida Polsha Belarus bilan chegarada jiddiy harbiy kontingentni to‘plagani, buni ham unutmaslik kerakligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0