Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Har bir referendum uchastkasi Brayl alifbosidagi trafaret bilan ta’minlanadi — MSK

© Pixabay / j_aijaShrift Braylya
Shrift Braylya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
MSK referendumda ovoz berish bulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi va tavsifini tasdiqladi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Har bir referendum uchastkasi Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret bilan ta’minlanadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasinining majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda O‘zbekiston referendumida ovoz berish bulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi va tavsifi tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ovoz beruvchi fuqarolar referendum bulletenida o‘z xohish irodasini mustaqil ifoda eta olishlari uchun har bir referendum uchastkasi trafaret bilan ta’minlanishi belgilandi.
Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini tayyorlash va tarqatish orqali referendum tashviqotini olib borishda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning alohida ehtiyojlarini inobatga olish ta’kidlab o‘tildi.
Imkoniyati cheklangan ovoz beruvchi fuqarolar referendum uchastkalarida referendumga oid ma’lumotlar, plakatlar bilan tanishishi hamda o‘zlari lozim deb topgan variant uchun erkin, to‘siqlarsiz va yashirin ovoz berishi uchun sharoit yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha 2023-yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi bulleteni ko‘rinishi ma’lum bo‘lgan edi. Referendum bulletlarini referendum o‘tkazuvchi uchastkalarga 17-aprelgacha ovoz beruvchilar umumiy sonining 5 foiz miqdorida, 27-aprelgacha esa 95,5 foiz miqdorida yekazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0