https://oz.sputniknews.uz/20230414/ozbekiston-belarus-masahatlashuvlar-dasturi-33912857.html
O‘zbekiston va Belarus masahatlashuvlar dasturini imzoladi
O‘zbekiston va Belarus masahatlashuvlar dasturini imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar vazirlari anjumani doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi.
2023-04-14T08:05+0500
2023-04-14T08:05+0500
2023-04-14T11:24+0500
samarqand — 2023
o‘zbekiston
samarqand
belarus
baxtiyor saidov
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0e/33912692_0:50:1280:771_1920x0_80_0_0_9d69cdaec448e67032888636ad7b7ec8.jpg
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida masahatlashuvlar dasturini imzolandi, deya xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar vazirlari anjumani doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi.Hujjat keng ko‘lamli hamkorlik masalalarini qamrab olgani bilan e’tiborga molik. Bugun Minskda O‘zbek madaniyati kunlari ham boshlandi.Ma’lumot uchun, 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqi ham Samarqandga kelgan, lekin u faqat TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.Tadbirda qo‘shni davlatlar afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini solishtirishi, Afg‘onistonda gumanitar vaziyatni yaxshilash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.Kun tartibiga, shuningdek, Afg‘onistonda inson huquqlarini hurmat qilish va mamlakatning barcha etnik va siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat yaratish orqali umumafg‘on ichki yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritilgan.Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Ushbu formatdagi birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0e/33912692_57:0:1277:915_1920x0_80_0_0_023f8d522c69c62531027952f5021f17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston belarus samarqand
o‘zbekiston belarus samarqand
O‘zbekiston va Belarus masahatlashuvlar dasturini imzoladi
08:05 14.04.2023 (yangilandi: 11:24 14.04.2023) Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar vazirlari anjumani doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida masahatlashuvlar dasturini imzolandi, deya
xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar vazirlari anjumani doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi.
“Uchrashuvimiz chog‘ida vazirliklarimiz o‘rtasida 2023-2024 - yillarga mo‘ljallangan masahatlashuvlar dasturini imzoladik”, - deb yozadi Saidov.
Hujjat keng ko‘lamli hamkorlik masalalarini qamrab olgani bilan e’tiborga molik. Bugun Minskda O‘zbek madaniyati kunlari ham boshlandi.
Ma’lumot uchun, 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqi ham Samarqandga kelgan, lekin u faqat TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbirda qo‘shni davlatlar afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini solishtirishi, Afg‘onistonda gumanitar vaziyatni yaxshilash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kun tartibiga, shuningdek, Afg‘onistonda inson huquqlarini hurmat qilish va mamlakatning barcha etnik va siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat yaratish orqali umumafg‘on ichki yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritilgan.
Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Ushbu formatdagi birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.