Moskvada migrantlarni qizamiqqa qarshi emlash boshlandi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot COVID-19, arxivnoe foto
Vaksinatsiya ot COVID-19, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Moskvada qizamiqqa qarshi jamoat immuniteti yaratish maqsadida oldin emlanmagan aholi guruhlari ushbu kasallikka qarshi emalanadi.
TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Moskva hukumati migrantlarni qizamiqga qarshi bepul emlashni boshladi, deb xabar qilmoqda “RIA Novosti” Moskva sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib.
"Bundan tashqari, "Rospotrebnadzor" nomidan 3-apreldan boshlab Moskvada turli sabablar (vaqtinchalik tibbiy imtiyoz, dekret va boshqa sabablar) tufayli oldin emlash djasturidan chetlatilgan fuqkarolar guruhlari ham profilaktik emlash doirasida qizamiqga qarshi emlanadi. Ushbu choralar poytaxtda aholi va xorijliklar orasida jamoa immunitetini shakllantirishga qaratilgan”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Qizamiq virusi havo tomchilari orqali yuqadi. Kasal odam bilan aloqada bo‘lganda infeksiya 100% ehtimollik bilan sog‘lom kishiga yuqadi. Kasallik og‘ir shakllarda davom etishi va meningit, ensefalit, otit, pnevmoniya kabi asoratlarga olib kelishi xavfi bor.
"Qizamiqning birinchi alomatlari ko‘pincha koronavirus belgilariga o‘xshaydi. Qizamiqdan himoyalanishning yagona ishonchli usuli bu emlashdir", deb ta’kidladi epidemiologiya bo‘limi.
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, Moskvada emlash paytida mutaxassislar zaiflashtilgan virusdan tayyorlangan vaksinani qo‘llashadi, bu esa organizmga uzoq muddatli immunitetni shakllantirishga yordam beradi. Preparat kasallik va uning asoratlarini keltirib chiqarmaydi.
Kattalar biriktirilgan joydagi oddiy klinikada, bolalar uchun esa - klinikalarda va o‘qish joyida bepul emlanishi mumkin.
Avvalroq Moskvada Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti talabasi qizamiq bilan kasallangani tufayli universitet rejadan tashqari ta’tilga chiqarilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0