Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Samarqand — 2023
2023 yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning arafasida, 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.

Minsk 2023-yilda MDHning sport poytaxti deb e’lon qilindi

© Sputnik / Boris BabanovZdanie parlamenta Respubliki Belorussii v gorode Minske.
Zdanie parlamenta Respubliki Belorussii v gorode Minske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Samarqandda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Hamdo‘stlikning keyingi ikki yil uchun sport poytaxtlari aniqlandi.
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Belarus poytaxti Minsk shahriga 2023-yilda MDHning sport poytaxti maqomi berildi. Kelasi yil ushbu maqomni Armanistonning Gumri shahri oladi. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlarida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Yig‘ilishda Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Hamdo‘stlikning keyingi ikki yil uchun sport poytaxtlarini aniqlashdi. Xususan, 2023-yilda Minsk, bir yildan keyin esa Gumri MDH sport markaziga aylanadi.
Qayd etilishicha, MDHga a’zo davlatlarning shaharlariga Hamdo‘stlik sport poytaxti maqomi berilishi ularning Hamdo‘stlik makonida sport salohiyatini yorqin ochib beradi.
Shuningdek, aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish imkoniyatlarini oshiradi, qo‘shimcha resurs yordamini jalb qilib, shaharlar infratuzilmasini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangiliklar lentasi
0