Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Samarqand — 2023
2023 yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning arafasida, 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.

Uch tomonlama gaz shartnomasidan hamma yutadi — Lavrov

© Sputnik/Zafar XalilovPress-konferensiya Sergeya Lavrova po itogam SMID.
Press-konferensiya Sergeya Lavrova po itogam SMID. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz ittifoqi loyihasini muhokama qilishda oldinga siljishdi — Lavrov.
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz shartnomasini muhokama qilishda oldinga siljishdi. Agar ushbu shartnoma amalga oshsa, har bir tomon uchun foydali bo‘ladi, dedi juma kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH TIVK majlisidan so‘ng.
“Uch davlat – Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston, jumladan, prezidentlar darajasida ushbu keng ko‘lamli, shubhasiz, energiya xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladigan, loyihani muhokama qilishda faol olg‘a siljishdi.

Ushbu shartnoma amalga oshsa, hamma tomon uchun foydali bo‘ladi. Gaz yetkazib beruvchi bor, ushbu gazni xarid qilish istagida bo‘lganlar ham bor. Tomonlar ham tranzit shartlari, ham narxlari bo‘yicha o‘zlarini qanoatlantirgan shartlarda kelishib olsa — bundan hamma yutadi", - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Ma’lumot uchun, bugun Samarqandda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda MDH rahbariyati delegatsiyalari ishtirokida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis kun tartibidan MDH formatida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, tashqi siyosatni o‘zaro muvofiqlashtirish, Hamdo‘stlik davlatlari va uning chegaralari bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlash masalalari o‘rin oldi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qaror, dastur va shartnomalar imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, 24-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi. Unga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuzilgan ishchi guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnik chora-tadbirlarni o‘rganadi. Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan so‘ng tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha asosiy shartlar muhokama qilinadi.
Alohida ta’kidlash joizki, Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha ushbu shartnoma O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha eng tezkor va kam xarajatli usul hisoblanadi,.chunki uni amalga oshirish uchun sobiq SSSR davrida qurilgan va ayni damda foydalanilmayotgan “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri trubalaridan biridan revers usulida foydalanish nazarda tutiladi.
Yangiliklar lentasi
0