SAMARQAND, 14 apr - Sputnik. Jahon savdosida o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish va dollardan voz kechish tendensiyasi qaytarib bo‘lmaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Sputnik muxbiri xabariga asosan. Ma’lumot uchun, bugun Samarqandda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda MDH rahbariyati delegatsiyalari ishtirokida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Majlis kun tartibidan MDH formatida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, tashqi siyosatni o‘zaro muvofiqlashtirish, Hamdo‘stlik davlatlari va uning chegaralari bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlash masalalari o‘rin oldi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qaror, dastur va shartnomalar imzolandi.
Jahon savdosida dollardan voz kechish tendensiyasi allaqachon boshlangan va uni orqaga qaytarib bo‘lmaydi - Lavrov.
SAMARQAND, 14 apr - Sputnik. Jahon savdosida o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish va dollardan voz kechish tendensiyasi qaytarib bo‘lmaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Dollardan qochish boshlanmoqda, u hozircha unchalik tez emas, lekin u albatta tezlashadi. Ushbu tendensiya ortga qaytmaydi. Amerikaliklar o‘zlari uzoq vaqt davomida dollarning ustuvor rolidan foydalanib, xalqaro moliya va jahon iqtisodini boshqarib o‘tirgan shoxga bolta urishdi", - dedi Lavrov.
Ma’lumot uchun, bugun Samarqandda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda MDH rahbariyati delegatsiyalari ishtirokida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis kun tartibidan MDH formatida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, tashqi siyosatni o‘zaro muvofiqlashtirish, Hamdo‘stlik davlatlari va uning chegaralari bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlash masalalari o‘rin oldi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qaror, dastur va shartnomalar imzolandi.
Dollardan voz kechish
2022 yilning fevral oyida Rossiya maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaning dollar va Yevroda saqlanayotgan $ 300 mlrd. aktivlarini noqonuniy muzlatib qo‘yishgan edi. Undan tashqari AQSh va YeI davlatlari Rossiya banklariga nisbatan valyuta operatsiyalari o‘tkazish, xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalanish bo‘ychia misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritishdi.
Shundan so‘ng Rossiya o‘z nefti va gazini nodo‘st mamlakatlarga faqat rublda sotishini e’lon qildi. Dunyoning boshqa davlatlari esa ularning ham valyuta zaxiralari siyosiy sabablar tufayli xavf ostida qolishi mumkinligini anglab yetishdi. Rossiyaning yirik hamkorlari hisoblangan Hindiston, Xitoy, MDH va BRIKS davlatlari o‘zaro savdo-sotiqda milliy valyutalardan foydalanishga o‘tish boshlandi. Keyinchalik ushbu tendensiyaga qator Afrika davlatlari ham qo‘shildi. Eng yirik neft sotuvchisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni esa o‘z neftini nafaqat dollarga, balki qisman boshqa valyutalarga sotishni ham boshladi.