https://oz.sputniknews.uz/20230413/shimoliy-koreya-33871666.html
Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi
Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, raketaning uchirilishi sun’iy yo‘ldosh tizimlarini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
2023-04-13T12:48+0500
2023-04-13T12:48+0500
2023-04-13T12:48+0500
dunyoda
kxdr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33875125_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0726d14319e38bc27775d5f49fe2633c.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Shimoliy Koreya payshanba kuni Yapon dengiziga o‘rta yoki uzoq masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda OAV Janubiy Koreya harbiylariga tayanib xabar berdi.Ta’kidlanishicha, raketa Yaponiyaning iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan.Ma’lumotlarga ko‘ra, uchirish Pxenyan chekkasidan soat 07:23 (Toshkent vaqti bilan 03:23) da amalga oshirilgan, boshqa tafsilotlar haqida ma’lumot berilmagan.Raketa uchirilishi KXDRning Janubiy Koreya bilan aloqalarini to‘xtatishi fonida hamda Shimoliy Koreya asoschisi va amaldagi yetakchi Kim Chenning bobosi marhum Kim Ir Sen tavalludining 111-yilligiga ikki kun qolganda sodir bo‘ldi. Pxenyan KXDRda “Quyosh kuni” deb ataladigan yetakchi tavallud kunining yubileyi munosabati bilan bir necha bor harbiy sinovlarni o‘tkazgan.Ta’kidlanishicha, raketaning uchirilishi sun’iy yo‘ldosh tizimlarini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.KXDR oxirgi marta o‘rta yoki uzoq masofali ballistik raketani 16-mart kuni uchirdi, o‘shanda “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasi uchirilgan edi. 27-mart kuni esa Shimoliy Koreya ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33875125_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_113c5f84fc668efb09e02429f0b8debf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kxdr
Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi
Ta’kidlanishicha, raketaning uchirilishi sun’iy yo‘ldosh tizimlarini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Shimoliy Koreya payshanba kuni Yapon dengiziga o‘rta yoki uzoq masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda OAV Janubiy Koreya harbiylariga tayanib
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, raketa Yaponiyaning iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchirish Pxenyan chekkasidan soat 07:23 (Toshkent vaqti bilan 03:23) da amalga oshirilgan, boshqa tafsilotlar haqida ma’lumot berilmagan.
“O‘z nazorati va hushorligini oshirgan holda, harbiylarimiz AQSh bilan yaqin hamkorlikda to‘liq jangovar shaylikni saqlab turibdi”, — deyiladi xabarda.
Raketa uchirilishi KXDRning Janubiy Koreya bilan aloqalarini to‘xtatishi fonida hamda Shimoliy Koreya asoschisi va amaldagi yetakchi Kim Chenning bobosi marhum Kim Ir Sen tavalludining 111-yilligiga ikki kun qolganda sodir bo‘ldi. Pxenyan KXDRda “Quyosh kuni” deb ataladigan yetakchi tavallud kunining yubileyi munosabati bilan bir necha bor harbiy sinovlarni o‘tkazgan.
Ta’kidlanishicha, raketaning uchirilishi sun’iy yo‘ldosh tizimlarini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
KXDR oxirgi marta o‘rta yoki uzoq masofali ballistik raketani 16-mart kuni uchirdi, o‘shanda “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasi uchirilgan edi. 27-mart kuni esa Shimoliy Koreya ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirdi.