https://oz.sputniknews.uz/20230413/shahrisabz-hunarmand-mikromarkaz-33897862.html
Shahrisabzda hunarmand mikromarkazi ishga tushdi — foto
Shahrisabzda hunarmand mikromarkazi ishga tushdi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Hunarmand mikromarkazida jami 50 dan ortiq xotin-qizlar hunar o‘rganmoqda. Kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham mikromarkazlar va savdo uylari ochish rejalashtirilgan.
2023-04-13T18:20+0500
2023-04-13T18:20+0500
2023-04-13T18:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shahrisabz
hunarmandlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33896988_0:93:1280:813_1920x0_80_0_0_1a14181e2711efe4e7d232978f083bac.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Hunarmand mikromarkazi” ishga tushdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Respublika hunarmand uyushmasi ma’lum qildi.Qayd etilishicha, Kulolchilik mahallasida joylashgan 4 ta bo‘sh turgan bino elektron auksion orqali hunarmandlarga ijara huquqi asosida berildi.Markazda shogirdlarga milliy kashtachilik, do‘ppidozlik, so‘zana tikish, tikuvchilikning boshqa turlari, popirchilik, dizayn, baldoq yasash, zardo‘zlik kabi hunarlar o‘rgatilmoqda.Mikromarkazda usta hunarmandlar uchun 25-30 nafardan shogird tayyorlash bo‘yicha talablar ham qo‘yilgan. Hozirda Shahrisabz shahar "Hunarmand" boshqarmasi tashabbusi bilan “ustoz-shogird” an’anasi asosida hududdagi 30 dan ortiq hunarmandlarga 300 nafar shogirdlar biriktirilgan.Aytilishicha, kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham mikromarkazlar va savdo uylarini ochish rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33896988_37:0:1244:905_1920x0_80_0_0_201fee816d9a01415d514a04a3f33a86.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qashqadaryo hunarmandlar
o‘zbekiston qashqadaryo hunarmandlar
Shahrisabzda hunarmand mikromarkazi ishga tushdi — foto
Hunarmand mikromarkazida jami 50 dan ortiq xotin-qizlar hunar o‘rganmoqda. Kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham mikromarkazlar va savdo uylari ochish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Hunarmand mikromarkazi” ishga tushdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Respublika hunarmand uyushmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Kulolchilik mahallasida joylashgan 4 ta bo‘sh turgan bino elektron auksion orqali hunarmandlarga ijara huquqi asosida berildi.
“Mikromarkazda jami 50 dan ortiq xotin-qizlar hunar o‘rganib, ish bilan ta’minlanmoqda. Quvonarlisi, mikromarkaz ishga tushgan joy shaharning tarixiy qismi bo‘lib, ko‘plab mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrifi kuzatiladi”, - dedi Respublika “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Hotamova.
Markazda shogirdlarga milliy kashtachilik, do‘ppidozlik, so‘zana tikish, tikuvchilikning boshqa turlari, popirchilik, dizayn, baldoq yasash, zardo‘zlik kabi hunarlar o‘rgatilmoqda.
Mikromarkazda usta hunarmandlar uchun 25-30 nafardan shogird tayyorlash bo‘yicha talablar ham qo‘yilgan. Hozirda Shahrisabz shahar "Hunarmand" boshqarmasi tashabbusi bilan “ustoz-shogird” an’anasi asosida hududdagi 30 dan ortiq hunarmandlarga 300 nafar shogirdlar biriktirilgan.
Aytilishicha, kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham mikromarkazlar va savdo uylarini ochish rejalashtirilgan.