https://oz.sputniknews.uz/20230413/rossiya-xitoy-pokiston-eron-tort-tomonlama-uchrashuvida-nimalarga-kelishib-olindi-33878886.html
“Rossiya-Xitoy-Pokiston-Eron” to‘rt tomonlama uchrashuvida nimalarga kelishib olindi?
“Rossiya-Xitoy-Pokiston-Eron” to‘rt tomonlama uchrashuvida nimalarga kelishib olindi?
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda “Rossiya-Xitoy-Pokiston-Eron” to‘rt tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 13.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-13T13:50+0500
2023-04-13T13:50+0500
2023-04-13T13:50+0500
samarqand — 2023
afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va rossiya 4-anjumani
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33860712_0:85:1616:994_1920x0_80_0_0_772c2ef76789f5be1e09853dcdd25e83.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Davlatlar afg‘on ishlariga yagona, yaxlit mintaqaviy yondashuvni shakllantirishda davom etishlari kerak. Bunday kelishuvga Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining Samarqanddagi to‘rt tomonlama norasmiy uchrashuvida erishildi, deya xabar berdi Rossiya TIV matbuot xizmati.Mintaqaviy “to‘rtlik” yig‘ilishi Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlandi. Uchrashuv ishonchli muhitda Afg‘onistondagi vaziyatni ochiq muhokama qilish, xavfsizlik jihatlariga e’tibor qaratish, Afg‘oniston hududidan kelayotgan terrorizm tahdidlari va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish imkonini berdi.Vazirlar Afg‘onistonning amaldagi hukumati bilan ichki siyosiy barqarorlikni saqlash va mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.To‘rt tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qo‘shma bayonot qabul qildi.Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va Rossiya tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etishi aytilgan edi.Uchrashuvda ishtirokchi davlatlar afg‘on masalasi bo‘yicha pozitsiyalarini kelishtirishni rejalashtirishgan. Xavfsizlik, terrorizm va Afg‘oniston hududidan narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi tahdidlariga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining ta’kidlashicha, kun tartibiga inson huquqlariga rioya qilish va mamlakatning asosiy etnik-siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumatni yaratish orqali Afg‘oniston ichidagi sulh jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritiladi.Uchrashuv Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni yaxshilash va Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, jumladan, mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish orqali sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish imkonini beradi.Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning sharqiy Anxuy provinsiyasidagi Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33860712_88:0:1528:1080_1920x0_80_0_0_841e8d4779ad214905aed4b873057760.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va rossiya 4-anjumani, samarqand
afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va rossiya 4-anjumani, samarqand
“Rossiya-Xitoy-Pokiston-Eron” to‘rt tomonlama uchrashuvida nimalarga kelishib olindi?
Samarqandda “Rossiya-Xitoy-Pokiston-Eron” to‘rt tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Davlatlar afg‘on ishlariga yagona, yaxlit mintaqaviy yondashuvni shakllantirishda davom etishlari kerak. Bunday kelishuvga Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining Samarqanddagi to‘rt tomonlama norasmiy uchrashuvida erishildi, deya xabar berdi Rossiya TIV
matbuot xizmati. Mintaqaviy “to‘rtlik” yig‘ilishi Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlandi. Uchrashuv ishonchli muhitda Afg‘onistondagi vaziyatni ochiq muhokama qilish, xavfsizlik jihatlariga e’tibor qaratish, Afg‘oniston hududidan kelayotgan terrorizm tahdidlari va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish imkonini berdi.
Vazirlar Afg‘onistonning amaldagi hukumati bilan ichki siyosiy barqarorlikni saqlash va mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
“Ishtirokchilar bir ovozdan AQShning bu mamlakatda 20-yillik tajribasi muvaffaqiyatsizlikka uchragani munosabati bilan Afg‘onistondagi og‘ir ahvol uchun asosiy mas’uliyat AQSh va uning ittifoqchilari zimmasida degan fikrga kelishdi. Tomonlar AQSh-NATO harbiy infratuzilma obyektlarini Afg‘oniston va uning atrofidagi mintaqada joylashtirishni qabul qilib bo‘lmasligini qayd etishdi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.
To‘rt tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qo‘shma bayonot qabul qildi.
Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va Rossiya tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etishi aytilgan edi.
Uchrashuvda ishtirokchi davlatlar afg‘on masalasi bo‘yicha pozitsiyalarini kelishtirishni rejalashtirishgan. Xavfsizlik, terrorizm va Afg‘oniston hududidan narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi tahdidlariga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining ta’kidlashicha, kun tartibiga inson huquqlariga rioya qilish va mamlakatning asosiy etnik-siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumatni yaratish orqali Afg‘oniston ichidagi sulh jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritiladi.
Uchrashuv Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni yaxshilash va Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, jumladan, mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish orqali sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning sharqiy Anxuy provinsiyasidagi Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan.