https://oz.sputniknews.uz/20230413/qurilish-pudrat-uylar-kredit-33890579.html
Qurilish-pudrat tashkilotlariga uylarning har bitta qavati uchun kredit olish huquqi berildi
Qurilish-pudrat tashkilotlariga uylarning har bitta qavati uchun kredit olish huquqi berildi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirgi kunga qadar uy tomi yopilganidan keyin uni garovga qo‘yish va kredit olish mumkin edi.
2023-04-13T16:41+0500
2023-04-13T16:41+0500
2023-04-13T16:41+0500
o‘zbekiston
yangi farmon
uy
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/07/25983022_0:375:2559:1814_1920x0_80_0_0_e6bb449de87dc1d83298102600a65dcc.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qurilish-pudrat tashkilotlariga uy-joylarning har bitta qavati uchun kredit olish huquqi berildi. Bu 13-aprel kuni prezident imzolagan farmonda nazarda tutilgan, deya xabar berdi O‘zA.Hujjatga ko‘ra, qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.Hozirgi kunga qadar uy tomi yopilganidan keyin uni garovga qo‘yish va kredit olish mumkin edi.Shuningdek, banklar o‘z hisobidan beradigan kreditlarini davlat tomonidan qayta moliyalashtirish amaliyoti davom ettiriladi.Bunda, qurib bitkazilmagan uyni sotib olish uchun fuqaro bankdan 24-26 foizdan kredit oladi va uy bitguniga qadar (1-2 yil davomida) to‘lovlarni ushbu foizdan amalga oshiradi. Uy bitganidan keyin ushbu kredit davlat tomonidan qayta moliyalashtirilib, 18 foizlik kreditga aylanadi.Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan quruvchilarga kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibi uzaytirildi. Bunda, kompensatsiya – har bir uy-joy uchun kreditning 5 mlrd so‘midan, kafillik – 2,5 mlrd so‘midan oshmagan miqdoriga beriladi.“Yangi O‘zbekiston” va boshqa davlat dasturlari doirasida qurilgan massivlarning bo‘sh yerlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurishni davom ettirish va 2023-yilda qurish hajmlarini 90 mingtaga yetkazish taklif etilmoqda.Bunda 38 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 31 mingta, boshqa davlat dasturlaridagi massivlarda 8 mingta, xususiy pudrat tashkilotlari hisobidan 51 mingta kvartiralar qurilishi belgilanmoqda.“Yangi O‘zbekiston” massivlarini kengaytirish hamda 9 ta yangi massivlarni tashkil qilish uchun 140 ga qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasi o‘zgartirilmoqda va hokimlar zimmasiga ajratiladigan yerlarning 5 baravari miqdorida yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifasi yuklanmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/07/25983022_0:128:2559:2047_1920x0_80_0_0_7784628aeb1a15ad4fc18be4e4e83d26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurilish-pudrat tashkilotlari kredit
qurilish-pudrat tashkilotlari kredit
Qurilish-pudrat tashkilotlariga uylarning har bitta qavati uchun kredit olish huquqi berildi
Qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qurilish-pudrat tashkilotlariga uy-joylarning har bitta qavati uchun kredit olish huquqi berildi. Bu 13-aprel kuni prezident imzolagan farmonda nazarda tutilgan, deya xabar berdi
O‘zA. Hujjatga ko‘ra, qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
Pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uy-joylarni qavatma-qavat garovga qo‘yish va har bitta qavat uchun kredit olish huquqi berildi.
Hozirgi kunga qadar uy tomi yopilganidan keyin uni garovga qo‘yish va kredit olish mumkin edi.
Shuningdek, banklar o‘z hisobidan beradigan kreditlarini davlat tomonidan qayta moliyalashtirish amaliyoti davom ettiriladi.
Bunda, qurib bitkazilmagan uyni sotib olish uchun fuqaro bankdan 24-26 foizdan kredit oladi va uy bitguniga qadar (1-2 yil davomida) to‘lovlarni ushbu foizdan amalga oshiradi. Uy bitganidan keyin ushbu kredit davlat tomonidan qayta moliyalashtirilib, 18 foizlik kreditga aylanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan quruvchilarga kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibi uzaytirildi. Bunda, kompensatsiya – har bir uy-joy uchun kreditning 5 mlrd so‘midan, kafillik – 2,5 mlrd so‘midan oshmagan miqdoriga beriladi.
2025 yil 1-yanvarga qadar yuqori markali sement, arralanadigan yog‘och, fanera, taxtadan yasalgan opalubka va oynani import qilishda bojxona bojining “0” stavkasi qo‘llaniladi.
“Yangi O‘zbekiston” va boshqa davlat dasturlari doirasida qurilgan massivlarning bo‘sh yerlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurishni davom ettirish va 2023-yilda qurish hajmlarini 90 mingtaga yetkazish taklif etilmoqda.
Bunda 38 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 31 mingta, boshqa davlat dasturlaridagi massivlarda 8 mingta, xususiy pudrat tashkilotlari hisobidan 51 mingta kvartiralar qurilishi belgilanmoqda.
“Yangi O‘zbekiston” massivlarini kengaytirish hamda 9 ta yangi massivlarni tashkil qilish uchun 140 ga qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasi o‘zgartirilmoqda va hokimlar zimmasiga ajratiladigan yerlarning 5 baravari miqdorida yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifasi yuklanmoqda.