https://oz.sputniknews.uz/20230413/qoshni-davlatlar-afgonistonda-tinchlik-bolishi-uchun-barcha-ishni-qilishi-kerak--saidov-33899011.html
Afg‘onistonda tinchlik uchun qo‘shni davlatlar barcha ishni qilishi kerak — Saidov
Afg‘onistonda tinchlik uchun qo‘shni davlatlar barcha ishni qilishi kerak — Saidov
Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Saidov Afg‘onistonga yordam berish hamda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishida qo‘shni davlatlarning ahamiyati o‘ta muhim ekanini ta’kidladi. 13.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-13T17:28+0500
2023-04-13T17:28+0500
2023-04-13T20:55+0500
samarqand — 2023
afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va rossiya 4-anjumani
baxtiyor saidov
o‘zbekiston tiv
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33910361_0:58:1280:778_1920x0_80_0_0_33f832ce09eb02845eff29c2b1c0ff37.jpg
SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Qo‘shni davlatlar Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi kerak, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Baxtiyor Saidov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar vazirlari anjumanida. Sputnik muxbiri xabariga asosan."Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Ishonchimiz komilki, afg‘on muammosi yaqin kelajakda ham ko‘plab davlatlar manfaatlariga daxldor bo‘lgan mintaqaviy va global xavfsizlikning asosiy omillaridan biri bo‘lib qoladi.Shuningdek TIV rahbari Afg‘oniston bo‘yicha Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan maslahatlashuv formatini eng samarali formatlardan biri sifatida alohida ta’kidlab o‘tdi. Vazirning aytishiga ko‘ra, bu "birgalikdagi yondashuvlar va harakatlarni rivojlantirishga yordam beradi".Ma’lumot uchun, 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqi ham Samarqandga kelgan, lekin u faqat TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.Tadbirda qo‘shni davlatlar afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini solishtirishi, Afg‘onistonda gumanitar vaziyatni yaxshilash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.Kun tartibiga, shuningdek, Afg‘onistonda inson huquqlarini hurmat qilish va mamlakatning barcha etnik va siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat yaratish orqali umumafg‘on ichki yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritilgan.Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Ushbu formatdagi birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33910361_83:0:1198:836_1920x0_80_0_0_ac14904eeb0d0bfb4e47136c51321931.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va rossiya 4-anjumani, baxtiyor saidov, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va rossiya 4-anjumani, baxtiyor saidov, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
Afg‘onistonda tinchlik uchun qo‘shni davlatlar barcha ishni qilishi kerak — Saidov
17:28 13.04.2023 (yangilandi: 20:55 13.04.2023) Baxtiyor Saidov Afg‘onistonga yordam berish hamda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishida qo‘shni davlatlarning ahamiyati o‘ta muhim ekanini ta’kidladi.
SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Qo‘shni davlatlar Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi kerak, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Baxtiyor Saidov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar vazirlari anjumanida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Ishonchimiz komilki, afg‘on muammosi yaqin kelajakda ham ko‘plab davlatlar manfaatlariga daxldor bo‘lgan mintaqaviy va global xavfsizlikning asosiy omillaridan biri bo‘lib qoladi.
Bu, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlarga tegishli. Biz, Afg‘onistonning eng yaqin qo‘shnilari, mamlakatdagi vaziyat tezroq barqarorlashishidan hammadan ko‘ra ko‘proq manfaatdormiz. Bugun afg‘on iqtisodiyotini tiklash, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha asosiy mas’uliyat yuki bizning yelkamizga tushdi. Afg‘onistonga qo‘shni davlatlari bu zaminda doimo tinchlik, osoyishtalik va farovonlik bo‘lishi uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishlari kerak", - dedi Saidov.
Shuningdek TIV rahbari Afg‘oniston bo‘yicha Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan maslahatlashuv formatini eng samarali formatlardan biri sifatida alohida ta’kidlab o‘tdi. Vazirning aytishiga ko‘ra, bu "birgalikdagi yondashuvlar va harakatlarni rivojlantirishga yordam beradi".
Ma’lumot uchun, 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqi ham Samarqandga kelgan, lekin u faqat TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbirda qo‘shni davlatlar afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini solishtirishi, Afg‘onistonda gumanitar vaziyatni yaxshilash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kun tartibiga, shuningdek, Afg‘onistonda inson huquqlarini hurmat qilish va mamlakatning barcha etnik va siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat yaratish orqali umumafg‘on ichki yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritilgan.
Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Ushbu formatdagi birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.