Ayollar futboli: Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari saralash bahslari sanasi ma’lum bo‘ldi

© AP Photo / Lewis JolyJenshina proxodit mimo olimpiyskix koles u merii Parija. Arxivnoe foto
Jenshina proxodit mimo olimpiyskix koles u merii Parija. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga Osiyo mintaqasining 2-bosqich saralash bahslari 23-oktabridan 1-noyabriga qadar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga Osiyo mintaqasining 2-bosqich saralash bahslari oktabr oyida boshlanadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi ayollar futboli bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga Osiyo mintaqasining 2-bosqich saralash bahslari qaysi sanalarda bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
Unga ko‘ra, ushbu bosqich shu yilning 23-oktabridan 1-noyabriga qadar o‘tkaziladi.
Unda KXDR, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Vyetnam, Xitoy Taipeyi, Tailand, Filippin, Hindiston, Eron termalari bahs olib borishadi.
Ikkinchi davraga qur’a tashlash marosimi 18-may kuni Kuala-Lumpurdagi OFK qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0