https://oz.sputniknews.uz/20230413/ozbekiston-va-xitoy-33884761.html
O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari qanday masalalarni muhokama qilishdi
O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari qanday masalalarni muhokama qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Pekin Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishiga mezbonlik qilish borasida Toshkent tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlarni yuksak baholaydi.
2023-04-13T15:28+0500
2023-04-13T15:28+0500
2023-04-13T15:28+0500
siyosat
xitoy
o‘zbekiston
baxtiyor saidov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33890680_0:156:1024:732_1920x0_80_0_0_1450f74bf15279a8780f7f57283cc242.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Kecha, 12-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Sin Gan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar o‘tkazdi.Tomonlar Xitoy-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari rivojlanib borayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ikki davlat rahbarlari erishgan muhim konsensusni to‘g‘ri amalga oshirishga va ikki davlat xalqlari farovonligi yo‘lida Xitoy-O‘zbekiston umumvektorli hamkorligini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.XXR O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda ikki davlatning asosiy manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalarda bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, hamkorlik hajmini oshirish, “Bir kamar, bir yo‘l”ni birgalikda qurish interfeysini mustahkamlash, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini faollashtirish niyatida.Pekin O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan va korxonalar tashkil etayotgan Xitoy kompaniyalari sonining ko‘payishini rag‘batlantirmoqda hamda O‘zbekistondan sifatli mahsulotlar importini kengaytirishga tayyor.Sin Gan Xitoy raisi Si Szinpinning Global rivojlanish tashabbusi, Global xavfsizlik tashabbusi va Global sivilizatsiya tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidladi. Ta’kidlanishicha, Xitoy uchta tashabbusni birgalikda amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyor.Pekin Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishiga mezbonlik qilish borasida Toshkent tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlarni yuksak baholaydi.Shuningdek, ikki davlat rahbarlarining yuksak darajadagi o‘zaro ishonchi va shaxsiy ishtiroki tufayli O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanmoqda, Toshkent ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga intiladi va Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish va davlat boshqaruvi sohasidagi tajribasini o‘rganishga intiladi.Saidov, shuningdek, Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini qo‘llab-quvvatlagani uchun XXRga minnatdorlik bildirdi. Xitoy global boshqaruvda faol ishtirok etib, tinchlik, taraqqiyot va insoniyat farovonligi yo‘lida muhim hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Tomonlar o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Saidov Sin Gan bilan birgalikda Xitoyning “Yutong” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtobuslarni borib ko‘rgan edi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33890680_0:60:1024:828_1920x0_80_0_0_68d62716df387cb14c5f5a7da965a95f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy o‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari qanday masalalarni muhokama qilishdi
Pekin Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishiga mezbonlik qilish borasida Toshkent tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlarni yuksak baholaydi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Kecha, 12-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Sin Gan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan
muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar Xitoy-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari rivojlanib borayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ikki davlat rahbarlari erishgan muhim konsensusni to‘g‘ri amalga oshirishga va ikki davlat xalqlari farovonligi yo‘lida Xitoy-O‘zbekiston umumvektorli hamkorligini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Sin Gan davlat rahbarlarining strategik rahbarligida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonch muttasil chuqurlashib, o‘zaro manfaatli hamkorlik kengayib borayotgani ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun muhim imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.
XXR O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda ikki davlatning asosiy manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalarda bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, hamkorlik hajmini oshirish, “Bir kamar, bir yo‘l”ni birgalikda qurish interfeysini mustahkamlash, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini faollashtirish niyatida.
Pekin O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan va korxonalar tashkil etayotgan Xitoy kompaniyalari sonining ko‘payishini rag‘batlantirmoqda hamda O‘zbekistondan sifatli mahsulotlar importini kengaytirishga tayyor.
Sin Gan Xitoy raisi Si Szinpinning Global rivojlanish tashabbusi, Global xavfsizlik tashabbusi va Global sivilizatsiya tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidladi. Ta’kidlanishicha, Xitoy uchta tashabbusni birgalikda amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyor.
Pekin Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishiga mezbonlik qilish borasida Toshkent tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlarni yuksak baholaydi.
Baxtiyor Saidov buyuk Xitoyni birinchi yuz yillik maqsadiga erishganligi va Si Szinpinning yangi davrning Xitoy xususiyatlariga ega sotsializm g‘oyalari rahnamoligida zamonaviy va qudratli davlat barpo etish yo‘lidagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlarining yuksak darajadagi o‘zaro ishonchi va shaxsiy ishtiroki tufayli O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanmoqda, Toshkent ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga intiladi va Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish va davlat boshqaruvi sohasidagi tajribasini o‘rganishga intiladi.
Saidov, shuningdek, Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini qo‘llab-quvvatlagani uchun XXRga minnatdorlik bildirdi. Xitoy global boshqaruvda faol ishtirok etib, tinchlik, taraqqiyot va insoniyat farovonligi yo‘lida muhim hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Tomonlar o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Saidov Sin Gan bilan birgalikda Xitoyning “Yutong” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtobuslarni borib
ko‘rgan edi.