O‘zbekistonda nodavlat tibbiyot ulushi kamida 60 foizga yetkaziladi — Inoyatov

© Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan Mejdunarodniy forum
Mejdunarodniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Amrillo Inoyatov: O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizdan ortdi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushini kamida 60 foizga yetkazadi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro forumda ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi transformatsiyasi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
© Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan Mejdunarodniy forum
Mejdunarodniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Unda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan 1000 nafar vakillar oflayn va 500 nafari onlayn tarzda ishtirok etishdi.

“Ayni paytda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 159 ta xususiy shifoxona faoliyat olib bormoqda. Albatta bunday ijobiy o‘zgarishlar sababli so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizdan ortib, bu ko‘rsatkichni 2025-yilda kamida 60 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan”, - dedi Inoyatov.

Vazirning ta’kidlashicha, mamlakatda xususiy tibbiyot uchun cheklovlar olib tashlanishi natijasida bugungi kunda ular shug‘ullanadigan yo‘nalishlar soni 50 tadan 130 taga oshgan.
Xususan, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan 33 ta xususiy tibbiyot muassasasi shartnoma asosida davlat buyurtmasi olib, ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarga 11 mlrd so‘mlik tibbiy xizmat ko‘rsatilgan.
Forumda 1 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan xalqaro memorandumlar imzolandi.
Tadbirda shuningdek, mamlakatga ko‘p miqdorda investitsiya kiritgan va sohada samarali faoliyat yuritayotgan 25 nafar xususiy tibbiyot muassasalari rahbarlari “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
© Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan Mejdunarodniy forum
Mejdunarodniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Yangiliklar lentasi
0