https://oz.sputniknews.uz/20230413/ozbekiston-dala-dehqonchilik-33903714.html
O‘zbekistonda dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
O‘zbekistonda dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Hisob-kitoblarga ko‘ra, dala chetlaridan unumli foydalanish orqali 337 ming tonna qo‘shimcha mahsulot olish imkoniyati bor.
2023-04-13T18:57+0500
2023-04-13T18:57+0500
2023-04-13T19:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33902631_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_0d5b3430ade9bc138666decc74923eee.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun urug‘, ko‘chat, o‘g‘it va suv ta’minoti maqsadlariga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 60 ming gektarga yaqin dala chetlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu maydonlardan unumli foydalanish orqali 337 ming tonna qo‘shimcha mahsulot olish imkoniyati bor.Bu ishlarni Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashkil etadi. Buning uchun agronomlar mavsumiy ishga qabul qilinadi.Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Agentlikka biriktiriladi.Yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash ham muhim. Shu bois quritish va sovitish uskunalarini xarid qilishga 50 milliard so‘m ajratiladi.Dala chetidagi zovur va suv bo‘ylarida 600 ming bosh parranda boqish hamda qariyb 300 mingta asalari uyasi joylashtirish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.Hozirda fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlari ikkilamchi ijaraga faqat 1-yilgacha beriladi. Tok, tut, terak kabi daraxtlar ko‘p yilda yetilishini hisobga olib, bu muddat 10-yilgacha etib belgilanmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33902631_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_014520fd10ab6cee4c23cad5cd914b2b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev dehqonchilik
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev dehqonchilik
O‘zbekistonda dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
18:57 13.04.2023 (yangilandi: 19:12 13.04.2023) Hisob-kitoblarga ko‘ra, dala chetlaridan unumli foydalanish orqali 337 ming tonna qo‘shimcha mahsulot olish imkoniyati bor.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun urug‘, ko‘chat, o‘g‘it va suv ta’minoti maqsadlariga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, 60 ming gektarga yaqin dala chetlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu maydonlardan unumli foydalanish orqali 337 ming tonna qo‘shimcha mahsulot olish imkoniyati bor.
Bu ishlarni Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashkil etadi. Buning uchun agronomlar mavsumiy ishga qabul qilinadi.
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Agentlikka biriktiriladi.
Dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun urug‘, ko‘chat, o‘g‘it va suv ta’minoti maqsadlariga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash ham muhim. Shu bois quritish va sovitish uskunalarini xarid qilishga 50 milliard so‘m ajratiladi.
Dala chetidagi zovur va suv bo‘ylarida 600 ming bosh parranda boqish hamda qariyb 300 mingta asalari uyasi joylashtirish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Hozirda fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlari ikkilamchi ijaraga faqat 1-yilgacha beriladi. Tok, tut, terak kabi daraxtlar ko‘p yilda yetilishini hisobga olib, bu muddat 10-yilgacha etib belgilanmoqda.